Liu Binbin




Liu Binbin (talaffuzi: Liu Binbin) (1993-yil 16-iyunda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Liu Binbin futbolchilik faoliyatini 2005-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2010-yilda yoshlar mashgʻulotlari uchun Xie Pengfei bilan birga Liga 2 FC Metz klubiga ijaraga berilgan. 2011-yilgi mavsumda Liu Shandunga qaytib kelgan va keyin Xitoyning ikkinchi liga vakili Shandong Youth jamoasiga yuborilgan. U 2011-yilning 3-iyulida „Shanghai Youth“ga qarshi oʻyinda (4:0) „Shandong Youth“ safidagi ilk golini kiritgan. Keyin Liu 2012-yilgi mavsumda Xenk ten Keyt tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 10-martida Guizhou Renhga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan

Xalqaro faoliyati



Liu birinchi marta 2010-yil iyun oyida Su Maozhen tomonidan Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilgi Osiyo U-19 chempionatida 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynagan. U 2011-yilda jamoaga sardorlik qilgan va 2011-yilda Tulon turnirida ishtirok etgan. Yan Olde Riekerink tomonidan 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirilishda davom etgan. Liu 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan, Xitoy U 19 jamoasi 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan. Liu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. U rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Yutuqlar



Klub



Shandong Luneng

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz