Litvinova, Olga Ivanovna
Olga Ivanovna Litvinova (1967-yil 2-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik oʻqituvchi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi.
Hayoti
Olga Litvinova 1967-yil 2-aprel Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — rus.
1989-yilda Toshkent pedagogika universitetini tugallagan. 1989-yilda 166-maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan.
2003—2004-yillarda 166-sonli oʻrta maktabning direktor oʻrinbosari sifatida ish olib borgan. 2004-yilda ushbu maktab direktori etib tayinlandi.
Mukofotlar
2004-yilda Olga Litvinova „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2011-yilda u „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
2018-yilda Olga Ivanovna navbatdagi „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yosh ustoz“ faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org