Litva fanlar akademiyasi
Litva fanlar akademiyasi - Litvaning oliy ilmiy muassasasi. 1941-yil Vilnius shahrida tashkil etilgan. 1989-yilgacha Litva SSR Fanlar akademiyasi deb nomlangan. Akademiyada uch boʻlim (fizika-texnika va matematika, kimyo-texnologiya va biologiya, ijtimoiy fanlar) va 13 ilmiy muassasa ishlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org