Little Women (Janubiy Koreya seriali)
Little Women (koreyscha: 작은 아씨들, Jag-eun Asideul, tarjimasi: Kichkina Ayollar) — Janubiy Koreya teleseriali, rejissyori Kim Hee-won boʻlib, bosh rollarda Kim Go-eun, Nam Ji-hyun, Park Ji-hu va Wi Ha-joon suratga tushgan. Louisa May Alcottning 1868-yildagi xuddi shu nomli romaniga asoslangan serial Dragon studiyasi tomonidan tvN telekanali uchun ishlab chiqarilgan. Serialning premyerasi 2022-yil 3-sentabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan va har shanba va yakshanba kunlari soat 21:10 da (KST) efirga uzatiladi. Shuningdek, serial tanlangan hududlarda Netflix platformasi orqali translatsiya qilinadi.
Mazmuni
Serial bir-biri bilan inoq boʻlgan uchta kambagʻal opa-singillar va ular Koreyaning eng badavlat oilasiga jasorat bilan qarshilik koʻrsatishi haqida.
Rollarda
Bosh rollarda
Toʻngʻich farzand. Qiz juda qashshoq muhitda oʻsadi. In-ju bolaligidanoq pul unga va oilasiga yordam beradigan eng muhim narsa ekanligini tushunadi. Uning orzusi - boshqa odamlar kabi oddiy hayot kechirish boʻladi. In-ju hayotini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan ishga aralashadi.
Oʻrtancha farzand. In-kyung yangiliklar stantsiyasida muxbir boʻlib ishlaydi. U doim toʻgʻri yoʻldan yurayotganiga ishonadi. In-kyung ham boy boʻlmaydi, lekin uning hayotini pul boshqarmaydi. U jurnalist sifatida birinchi ishini jinoyat izlashdan boshlaydi.
Nufuzli sanʼat maktabida oʻqiydigan kenja farzand. U oʻzining rasm chizish qobiliyati tufayli maktabga kiradi. In-hyo baʼzida opalarining unga boʻlgan muhabbati uning baxt yoʻliga toʻsqinlik qilayotganini his qiladi.
Nufuzli universitetni tamomlagan Do-il O In-ju bilan uchrashishni boshlaydi.
Kichik rollar
Generalning qizi, siyosatchining rafiqasi va Sanʼat muzeyi direktori. Hyerin (Sananing qizi) O In-hyo bilan doʻstlashadi.
Intiluvchan siyosatchi.
YBC axborot agentligi muxbiri.
O In Kyungning bolalikdagi doʻsti.
Park Chae Sang va Von Sang Euning qizi.
Opa-singillarning holasi.
Opa-singillarning onasi
Taklif qilingan aktyor/aktrisalar
In-juning sirli dugonasi.
Hwa Youngning oʻlimi bilan aloqadorlikda gumon qilingan direktor.
Hashamatli poyabzal doʻkonining xodimi.
Von Ki-sungning oʻgʻli va Von-sangning akasi.
Ishlab chiqaruvchi
2021-yil 25-noyabr kuni ssenariy muallifi Chjon So-kyung Tatler Asia jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi: “Men rejissyor Vincenzo bilan Little Women filmining koreys tiliga moslashuvi ustida ishlayapman. Ayollar bosh rolini Kim Go Eun va Nam Ji yun, erkak rolni esa Squid Game filmidagi Wi Xa Jun ijro etadi. Little Women kitobini kichikligimda oʻqiganimda menga juda yoqqan”.
2021-yil 23-dekabrda serial Little Women deb nomlanishi tasdiqlandi. 2021-yil 19-oktabrda MS Team Entertainment kompaniyasi Wi Ha-junga teleserialda rol taklif qilinganini eʼlon qildi. Oʻsha kuni serial kastingni yakunlagani maʼlum boʻldi.
Suratga olish ishlari 2022-yilning iyunidan iyuligacha Singapurning turli joylarida boʻlib oʻtgan.
Reytinglar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org