Listvenitlanish




Listvenitlanish - aksariyat oʻta asosli va qisman boshqa togʻ jinslarining gidrotermal elementlar taʼ-siridan oʻzgarishi. Natijada talk-karbonatli listvenitlashgan jinslar va listvenitlar hosil boʻladi. Jinslarda listvenitlarning boʻlishi u yerda oltin, kobalt, mis, simob kabi rudalar koni borligidan darak beradi. Oʻzbekistondagi baʼzi oltin konlarida L. jarayoni keng rivojlangan. Janubiy Fargʻonadagi simob konlari listvenitlar bilan bogʻliq.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz