Lishaynikshunoslik




Lixenologiya (yunoncha: Ieichen - lishaynik va ... logiya), lishaynikshunoslik — lishayniklar toʻgʻrisidagi fan, botanikaning bir boʻlimi. Lishayniklar haqidagi dastlabki maʼlumotlar Teofrast (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) asarlarida uchraydi. 18-asr oxirigacha lixenologik ishlar, asosan, floristik tarzda boʻlgan. Shved botanigi E. Aharius (1757—1819) L.ga asos solgan. 19-asrning 20-yillarida nemis botaniklari G. Meyer va F. Valtrotning lishayniklarning anatomik tuzilishi, oziqlanishi va koʻpayishi toʻgʻrisidagi ishlari eʼlon qilindi. Nemis botanigi S. Shvendener 1867—69 yillarda lishaynik — zamburugʻ va suvoʻtlardan iborat murakkab organizm ekanligini isbotladi. Oʻzbekistonda lishayniklarning bir nechta turi uchraydi. Lekin ular hali yaxshi oʻrganilgan emas.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz