Lisa Evans
Lisa Ketrin Evans (1992-yil 21-mayda tugʻilgan, Pert, Teysayd) — shotlandiyalik futbolchi, «Arsenal» klubining qanot himoyachisi, «Vest Xem Yunayted» jamoasida ijara asosida oʻynaydi.
Ilk yillar
Evans Pertda Richard va Keyt oilasida tugʻilgan. Yoshligida Evans mahalliy Sent-Jonston Qizlar jamoasining futbolchisi boʻlib, u yerda boʻlajak jamoadoshi Lana Klelland bilan oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati
«Glazgo City» (2008—2012)
2008-yil avgust oyida Evans Shotlandiya Premer-ligasidan Glazgo City jamoasiga qoʻshildi. U dastlab 100% rekord bilan ikkinchi divizionda gʻolib chiqqan klubning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. U 2009-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Evans, shuningdek, Stirling universitetida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining Ayollar milliy futbol akademiyasi stipendiyasini birinchi sohibalaridan biri edi. Evans sport fanini oʻrgangan.
«Glazgo City»dagi faoliyati davomida klub toʻrt marta Milliy chempionlar (2009-yildan 2012-yilgacha), ikki marta Liga kubogi (2009, 2012) va uch marta Shotlandiya kubogi (2009, 2011 va 2012) sohibi boʻlgan. Evans shuningdek 2011-yil Glazgo shahridagi yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini oldi. U birinchi marta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqqan jamoaning bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Evans Glazgoni 39ta liga oʻyinida 46 gol urganidan keyin tark etdi.
«Turbine» (2012—2015)
2012-yil fevral oyida Germaniyaning Turbine klubi Evansni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasida Glazgo City bilan toʻqnash kelgan oʻyinda koʻrganidan keyin uni sinovga taklif qildi. 2012-yil 12-iyunda u Potsdam jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi. Oʻsha yilning dekabr oyida Evansning shartnomasi yana ikki yilga uzaytirildi. «Turbine» bilan birinchi mavsumida Evans jamoaga Bundesligada ikkinchi oʻrinni egallashga va Germaniya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U muntazam mavsumda 41 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urganidan keyin Potsdam klubini tark etdi.
«Bavariya» (2015—2017)
2015-yil aprel oyida Evans «Bavariya» bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Birinchi mavsumida u jamoa bilan Bundesligada gʻolib chiqdi va keyingi yili ular kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Jamoa shuningdek, 2015/16-yilgi mavsumda UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasining 1/16 finaliga va 2016/17-yilgi mavsumda chorak finalga qadar yetib borgandi. «Bavariya»dagi faoliyati davomida Evans oddiy mavsumda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Arsenal (2017-xozrigacha)
2017-yil 29-iyunda Evans «Arsenal» bilan shartnoma imzoladi. Jarohatlar va oʻz pozitsiyasi uchun raqobat tufayli, murabbiy Jo Montemurro baʼzida Evansni burchak himoyachisi sifatida maydonga tushirgan. 2018-yilning dekabrida u klub bilan shartnomasini uzaytirdi. «Arsenal»dagi birinchi mavsumida Evans ligada 18 ta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi, Liga kubogida gʻalaba qozondi va Angliya kubogi finaliga chiqdi. 2019-yil 31-mart kuni Evans klubdagi 50-oʻyinini «Birmingem Siti»ga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 26-sentabrda Evans Angliya kubogida «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.
Arsenaldan Vest Xemga
Evans 2021-yilning avgustida «Vest Xem Yunayted»ga ijaraga berilgan.
Terma jamoadagi karyera
2011-yilning oktabr oyida Evans Shotlandiya terma jamoasida Uelsga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil fevral oyida Evans Belfastda Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:1) oʻzining birinchi xalqaro golini kiritdi.
Evans 2015-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Shotlandiya terma jamoasi safida uchta gol urdi. Shotlandiya saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻl oldi keyinchalik Gollandiyaga magʻlub boʻldi.
2017-yilda Shotlandiya birinchi marta Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Evans Shotlandiya terma jamoasining final turnirida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilgandi, u yerda Lisa barcha guruh oʻyinlarida ham ishtirok etdi. Shundan soʻng shotlandlar oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallagan JCh-2019 saralash bosqichi oʻtkazildi. 2019-yil 15-may kuni Evans turnirning final bosqichi uchun terma jamoaga roʻyhatiga kiritildi.
Shotlandiya terma jamoasining Angliyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk oʻyinida Evans Kler Emsliga golli uzatmani taqdim etdi va u Shotlandiyaning turnir tarixidagi ilk golini kiritdi.
Terma jamoada urilgan gollar
Yutuqlar
«Glazgo City»
Bavariya
Arsenal
Shaxsiy hayoti
Evans Londonning shimolida dugonasi, Arsenal va gollandiyalik futbolchi Vivianne Midema bilan yashaydi. 2021-yilda We Play strong kanalida u onlayn kursda «Sport, salomatlik va fitnes» mutaxassisligi boʻyicha sirtqi tahsil olayotganini maʼlum qilgan.
2021-yil noyabr oyida Evans va Midema «Common Goal» xayriya harakatiga qoʻshilib, ish haqining 1 foizini yoshlar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlariga xayriya qilishdi. Evansning aytishicha, u va Miedema maydondan tashqarida baxtli va konstruktiv odamlar boʻlishni xohlaydi. Umumiy maqsad futbol orqali jamoaviy va barqaror oʻzgarishlar uchun ideal platformaga erishish.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org