Lisa Banes




Lisa Lou Banes (1955-yil 9-iyul — 2021-yil 14-iyun) amerikalik aktrisa boʻlib, 80 dan ortiq kino va televideniyedagi rollari, shuningdek, Broadway va boshqa joylarda namoyish etilgan sahna koʻrinishlaridagi rollari bilan tanilgan.

U 1984-yilda „Isn't it Romantic?“, 1981-yilda yilda „Look Back in Anger“ filmidagi Alison Porter roli hamda Off-Broadway rolidagi ijrosi uchun „Theatre World Award“ mukofotini qoʻlga kiritadi. U 1995-yilda Tom Stoppard rejissorligi ostidagi „Arcadia“ pyessasida Lady Croom rolini oʻynaydi. Marhum aktrisa, shuningdek, Cocktail (1988), Freedom Writers (2007), Gone Girl (2014)filmlaridagi rollari hamda "Cure for Wellness" (2016) filmidagi Hollis rolida oʻzini namoyon etgan.

Yoshligi



Banes Ohio (Ogayo) shtatining Chagrin Falls shahrida tugʻilgan. U New York shahridagi Julliard School taʼlim dargohida aktrisalik mahorati boʻyicha tahsil olgan. 

Faoliyati



Sahnalarda



Aktrisa bir necha bor Broadwayda paydo boʻlgan. U Neil Simon boshchiligidagi 1988-yilgi Rumors pyessaida Christine Baranski bilan Cassie rolini ijro etadi. Margaret Lord qoʻl ostida 1998-yilgi High Society myuzikalida Anna Kendrick bilan birga harakat qiladi. 2009-yilda David Hyde Pierce bilan esa "Accent on Youth" pyessasida hamda 2010-yilgi Present Laughter sahna koʻrinishida Victor Garber bilan birgalikda harakat qilgan.

Televizion filmlar va kinolarda



Banes xonim Berry rolini The Hotel New Hampshire (1984)da, Bonnie rolini Cocktail (1988)da, Flora rolini Dragonfly (2002) filmida hamda „Pupkin“ (2002) filmida Christina Riccining onasi rollarini ijro etgan. 2014-yilda u David Fincherning „Gone Girl“ filmida Ami Elliotning (Rosamund Pike) onasi Marybeth Elliott rolida paydo boʻlgan

Shaxsiy hayoti va vafoti haqida



Banes Los-Anjelesda yashagan. U Kathryn Kranhold bilan turmush qurgan.

Vafoti



2021-yil 4-iyun kuni Banes Manhattanning yuqori gʻarbiy tomonida motorli skuter bilan toʻqnashib ketadi. Halokatdan oldin u Juilliard maktabiga borish uchun koʻchani kesib oʻtayotgan edi. U Mount Sinai Morningside kasalxonasiga bosh miya jarohati bilan yotqiziladi va 14-iyun kuni 65 yoshida vafot etadi. Gumonlanuvchi tezda voqea joyidan qochib ketadi hamda keyinchalik, u mashinasini taʼmirlash uchun Yuqori Manhattan doʻkoniga boradi.

Sud jarayoni
2021-yil 5-avgust kuni politsiya 26 yoshli Brian Boydni oʻz kvartirasida hibsga oladi. U 30 000 dollar naqd pul yoki 100 000 dollar garov evaziga qamoqqa tashlanadi. Unga oʻlimga olib kelgan YTH hamda sodir etilgan jinoyat joyini tark etish ayblovi qoʻyiladi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz