Lira qushlar




Liradumlilar , lira qushlar (Minuridae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 1 urugʻi, 2 ta turi maʼlum. Jan.-Sharqiy Avstraliya oʻrmonlarida yashaydi; 1934-yildan Tasmaniyaga keltirilgan. Uz. 75—130 sm (dumi bilan birga). Yerda hayot kechiradi, daraxtlar shoxida tunaydi. Nari yaxshi sayraydi, har xil tovushlar, jumladan, hayvonlar ovoziga taqlid qila oladi. Yerga uya qurib, 1 ta tuxumini 6—7 hafta bosib yotadi. Joʻjalarini faqat modasi boqadi. Oʻrmon toʻshalmasini oyogʻi bilan titkilab, chuvalchanglar, hasharotlar va umurtqasiz hayvonlarii topib oziqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz