Liqildoq




Liqildoq , tepatosh — chaqaloqlar kalla gumbazi suyaklarining biri-kish joylaridagi pardali kamgak (qism). Miya arteriyasi pulsatsiyasi tufayli bu kamgaklar liqillab turadi (nomi shundan olingan). Chaqaloqlarning peshona qismida romb shaklida, ensa sohasida uchburchak shaklida, kallaning ikkala yonida bir juftdan yon L. boʻladi. Bu L.lar 3 oylikdan ikki yoshgacha davr oraligʻida suyaklanib bitadi. Raxit va boshqa baʼzi kasalliklarda L. tez bitmaydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz