Lipoma




Lipoma (yun.lipos — yogʻ, oma — oʻsma) — yogʻ toʻqimasidan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Har xil kattalikda boʻladi. Koʻpincha teri osti yogʻ qavati, char-vi, fassiyalar, boʻgʻimlarda, baʼzan pay pardalari, shuningdek, orqada, boʻyinda, qorinning oldingi devori va boshqa joylarda uchraydi. L. biriktiruvchi toʻqimali kapsula bilan oʻralgan boʻlib, sekin oʻsadi. Organizm funksiyalariga zarar yetkazmaydi, jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz