Lipari orollari




Lipari orollari - Tirren dengizidagi bir guruh vulkan orollari. Italiya hududi, Sitsiliya o.dan shimolda. 7 ta yirik (Lipari, Salina, Vulkano, Filikudi, Stromboli, Aliku-di, Panarea) va 10 kichik orollardan iborat. Umumiy maydoni 117 km². Asosan, bazalt va tuflardan tashkil topgan. Vulkano va Stromboli o.larida harakatdagi vulkanlar (balandligi 926 m) bor. Iklimi va oʻsimliklari Oʻrta dengiz tipli. Zaytun, tok, anjir oʻstiriladi. Oltingugurt konlari bor. Vino eksport qilinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz