Lionel Zinsou




Lionel Zinsou (23-oktyabr 1953-yilda tugʻilgan) 2015-yildan 2016-yilgacha Benin Respublikasi Bosh Vaziri sifatida faoliyat yuritgan iqtisodchi. 2017-yil iyundan boshlab u Terra Nova siyosat instituti prezidenti boʻlib ishlab kelmoqda.

Hayotining boshlangʻich davri va taʼlim



Zinsouning otasi Beninda (oldingi Dagomeya) tavallud topgan. Zinsouning oʻzi Parijda tugʻilgan va 1968-yildan 1969-yilgacha Dahomeyning prezidenti boʻlgan Émile Derlin Zinsouning jiyani boʻlgan. Bundan tashqari Zinsou École Normale Supérieure va London School of Economics universitetlari bitiruvchisi.

Karyerasi



Zinsou fransuz sotsialistik siyosatchisi Laurent Fabius bilan yaqin aloqa bogʻlagan va 1980-yillarning oʻrtalarida Fabius hukumatda boʻlganida qoʻl ostida ishlagan.

Zinsou 2008-yilda PAI Partners investitsiya fondiga qoʻshilishdan oldin Rothschilds bankirlarining hamkori boʻlgan. Shuningdek, u 2006-yildan 2011-yilgacha Benin Prezidenti Yayi Bonining maxsus maslahatchisi boʻlib ishlagan.

2013-yilda Benin Respublikasi Ouidah shahrida uning Zinsou Fondi nomli muzeyi ochiladi. Bu Sahroi Kabirdagi (Afrika) birinchi zamonaviy sanʼat muzeyi hisoblanadi.

2015-yil 18-iyunda Prezident Yayi Boni Zinsouni Benin Respublikasi Bosh Vaziri etib tayinlaydi. U bilan birgalikda yana 27 nafar hukumat aʼzolari tayinlanadi va Zinsouning yelkasiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi javobgarligi tushadi. Vaholanki, Bosh Vazir lavozimi 1990-yilda yaratilgan Benin konstitutsiyasida mavjud emas edi va konstitutsiya kuchga kirganidan keyingi koʻp davrlarda hech kim bu lavozimni egallamagan edi. Shuningdek, bu voqea prezidentning faoliyat muddati tugashiga 10 oydan kamroq vaqt qolganida sodir boʻldi va ikkinchi marta prezidentlikka qayta saylanish taʼqiqlangan edi. Shu sababli baʼzilar Zinsouning bu lavozimga tayinlanishi uni Bonining tanlangan vorisi ekanligidan dalolat berishi mumkinligini aytishdi.

2015-yil 1-dekabrda Zinsouning 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Rivojlanayotgan Benin uchun Cowry kuchlari partiyasidan nomzod sifatida qatnashishi eʼlon qilindi. Saylov oldi u qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va norasmiy ishchilarni rasmiy ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishga eʼtibor qaratishini aytib oʻtadi.

2015-yil 27-dekabrdagi Benin shimoli-gʻarbidagi Djougou shahriga qilingan tashrif davomida Zinsouning vertalyoti stadionga qulaydi. Ammo u jarohatlanmaydi.

Boshqa ishlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz