Lionel Messi




Lionel Andrés Messi Kuchchittini (talaffuzi: Lionel Andres Messi Kuchchittini; 1987-yilda 24-iyunda Argentinada tavallud topgan. Inter Mayami va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchidir. Koʻplab futbol mutaxassislari, jurnalistlar va futbol yulduzlari tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingan. Messi Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2005-yilning yoshlar orasida jahon chempioni (turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari), 2021-yilgi Copa America turniri gʻolibi hisoblanadi. 2022-yilda jahon chempionatida gʻolib boʻlgach, bir futbolchi oʻz faoliyatida erishishi mumkin boʻlgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. 2012-yil bir mavsumda Barselona klubi safida 91 ta gol urib, buzish qiyin boʻlgan rekord oʻrnatdi. Messi yetti marta Oltin toʻp va 6 marta Yevropa oltin butsasi sovrinlarini qoʻlga kiritgan va bu borada rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, futbol boʻyicha jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi oʻyinchi (FIFA oltin toʻpi) mukofotini 2 marta qoʻlga kiritgan yagona futbolchidir.

Barselona tarkibida jami 35 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Barselona jamoasi bilan oʻn karra Ispaniya chempioni (2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019) boʻlgan, yetti marta Ispaniya kubogi (2008/2009, 2011/2012, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2020/2021), yetti marta Ispaniya superkubogi (2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018) va to'rt marta UEFA Chempionlar ligasi (2005/2006, 2008/2009, 2010/2011, 2014/2015) gʻolibi boʻlgan. Messi yetti marta (2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012, 2014/2015, 2019/2020, 2020/2021) Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi toʻpurari hisoblanadi
2023-yilda Argentina milliy termajamoasining o‘quv yig‘in mashg‘ulotlar ba‘zasi nomi uning sharafiga nomlandi

Hayoti



Messi 1987-yili, 24-iyunda Argentinaning Rosario shahrida dunyoga kelgan. Otasi — italyan Xorxe Orasio Messi, onasi Seliya Mariya Messi. Uning akalari Rodrigo va Matias, singlisi Mariya Sol.
Uning katta bobosi Anjelo Messi 1883-yili Italiyaning Ankona shahridan Argentinaga koʻchib kelgan. Shajarasining boshqa tarmogʻi vakillari esa Ispaniyaning Kataloniya viloyatidan.
Messi futbol bilan besh yoshidan mahalliy „Grandoli“ klubida shugʻullana boshlagan. Bu yerda uning otasi Xorxe murabbiylik qilardi. U ilk mashgʻulotlarini buvisi Saliya bilan oʻtkazgan. Butun oilada faqat shu ayolgina Messining futbolchi boʻlishini istardi. Shu sababli keyinchalik mashhur boʻlib ketgach, Lionel barcha gollarini buvisi sharafiga bagʻishladi. Messi 1995-yildan ona-shahri Rosariodagi „Nyuelz Old Boyz“ jamoasida toʻp sura boshladi. 1997-yili jamoa tarkibida Peru Doʻstlik Kubogida qatnashadi. Oʻn bir yoshga yetganida unda boʻy oʻsishini taʼminlaydigan samototropin gormoni yetishmasligini aniqlashadi. „River Pleyt“ jamoasi Messini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi boʻladi, biroq oyiga toʻqqiz yuz dollar ketadigan muolajani qoplashga yetarli mablagʻ topa olmaydi.Messi oʻn uch yoshga kirganida „Barselona“ jamoasi sarmoyadorlaridan biri u haqida eshitib qoladi va yordamchilarini joʻnatadi. Ular Messining otasini jamoa maʼmuriyatiga borib uchrashishga koʻndiradi. Shunday qilib, 2000-yilning 17-sentyabrida Messi otasi bilan Kataloniyaga keladi. Biroq jamoaning sport ishlari direktori Karles Reksach bandligi sababli 3-oktyabrdagina koʻrikdan oʻtishga muvaffaq boʻladi.Reksach yosh futbolchining isteʼdodiga qoyil qoladi va „Barselona“ direktorlar kengashini Messining oilasi bilan Yevropa koʻchib kelishi,-yiliga toʻqson ming yevro turadigan muolajaga pul ajratishga koʻndiradi. Shu paytdan boshlab Messi kataloniyaliklar safida toʻp sura boshlaydi.

Uning 3 ta oʻgʻil farzandi bor. Farzandlarining ismlari Tyago (2012) Mateo (2015) Chiro (2018).

Yutuqlari



Jamoaviy



„Barselona“

Argentina terma jamoasi

Shaxsiy




Klublarda



2023-yil 19-mart holatiga koʻra

2023-yil 29-mart holatiga koʻra

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz