Linsey Godfrey
Linsey Michelle Godfrey (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 2012-yilning mart oyidandan 2016-yilning oktyabrigacha CBS efirga uzatgan teleserial The Bold and the Beautifulda Caroline Spencer rolini ijro etgan. 2016-yil dekabridan 2018-yilning martigacha esa ushbu serialda rolini takrorlashga qaytdi. Aktrisa 2018-yil iyulidan 2021-yil martigacha NBC efirga uzatgan Days of Our Lives serialida Sarah Horton rolini oʻynaydi. Shundan soʻng, 2022-yil yanvarida Kristen DiMera va 2022-yil aprelida Sarah rollarini qayta ijro etish uchun seriallardagi faoliyatiga qaytadi.
Yoshligi
Godfrey Florida shtatining Stuart shahrida onasi Char Griggs tarbiyasida oʻsib ulgʻaygan. U South Fork High Schoolda tahsil olgan va ushbu taʼlim dargohini tamomlagach, aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun, Los Angelesga koʻchib oʻtadi. Aktrisa mohir baliqchidir. 2006-yili Tallahasseega qaytgan paytida, unga Limfogranulematoz tashxisi qoʻyilgan edi. Aktrisa yetti oyda davolanishni tugatadi va aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun LosAngelesga qaytib keladi. U boʻynining orqa tomoniga omon qolgani sharofati bilan lenta tatuirovkasini chizdirgan.
Faoliyati
Godfrey Hodgkin limfomasi tashxisi qoʻyilishidan oldin One Tree Hill va Surface teleseriallarida rol ijro etish uchun shartnoma imzolashga tayyor boʻlgan edi. Uning fikricha, saraton uning aktyorlik karyerasini ikki yil orqaga qaytargan. Hollywoodga qaytib kelgach, aktrisa bir nechta maxsus mehmon rollarini ijro etishi kerak edi. Xususan, aktrisa The Bold and the Beautiful serialida Caroline Spencer sifatida rol ijro etish uchun shartnoma imzolaydi. 2018-yil iyul oyida u Sarah Horton rolida Days of Our Lives filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi aytib oʻtadi. 2021-yil 29-mart sanasida esa Godfrey serialni tark etishi eʼlon qilinadi. 2022-yilning 7-yanvarida aktrisa 17-yanvar haftasida oʻz rolini yana qayta takrorlashi aniq boʻladi.
Shaxsiy hayoti
2013-yil 5-dekabrda Godfrey yigiti The Young and the Restlessdagi aktyor Robert Adamsondan birinchi farzandini kutayotgani maʼlum boʻldi. U 2014-yil 12-iyunda Aleda Seren Adamson ismli qizni dunyoga keltirdi. 2014-yilning avgust oyida Godfrey Ice Bucket Challenge musobaqasida qatnashib, ALS kasalligi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Mukofotlar va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org