Linnik Yuriy Vladimirovich




Yuriy Vladimirovich Linnik [(1914.26.12 (1915.8.1), Belaya Serkov — 1972.30.6, Leningrad] — rus matematigi, akademik (1964), Leningrad universitetini tugatgan (1938), shu universitetda professor (1944). Asosiy ishlari ehtimollar nazariyasi ustunlarining sonlar nazariyasiga tatbiqi, analitik sonlar nazariyasi va matematik statistikaga oid. U sonlarni kvadratik formalar orqali ifodalagan, Berej — Fisher mu-ammosi va boshqa qiyin masalalarni tek-shirgan. Uning katta turlar usuli tub sonlarning arifmetik progressiyalardagi taqsimoti va sonlar nazariyasining boshqa additiv masalalarini yechishga imkon berdi. L. oʻzi yaratgan dispersion usul bilan Hardi — Litlvud muammosini hal qilib, yetarlicha katta butun son tub son bilan ikki aniq kvadrat yigʻindisi shaklida ifodalanishini koʻrsatdi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz