Linnea Berthelsen
Linnea Berthelsen (1993-yil 13-iyulda tugʻilgan) — hind-daniyalik aktrisa, Aleks Garlandning FX „DEVS“ (2020) filmlari shuningdek, u oʻzining film qismlarida takrorlanuvchi Kali roli bilan mashhur boʻlib, Netflixning „Stranger Things“ ilmiy-fantastik dahshatining ikkinchi mavsumida Oʻn birinchining opasi Sakkizinchi nomi bilan ham tanilgan.
Shaxsiy hayoti
Berthelsen Hindistonda tugʻilgan va Kalundborgda tarbiyalangan. Lekin baʼzi manbalarda Linnea Berthelsenni Daniyaning Kopengagen shahrida tugʻilib oʻsgan va 2014-yilda Londonga, Angliyaga koʻchib oʻtgan va yoshligida aktyorlik faoliyatini boshlagan deb berilgan. Bundan tashqari, Linnea Berthelsen mezzo, zamonaviy raqs va balet mashgʻulotlarini mashq qilgan. U 2014-yilda Esseksdagi East 15 Acting School maktabida oʻqish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi va hozirda u Londonda istiqomat qiladi.
Faoliyati
Linnea Berthelsen 2015-yilda oʻqish paytida u Daniyadagi „Dagmar teatri“ da 2015-yilda premyerasi boʻlgan „HYBRID“ qisqa metrajli ilmiy-triller janridagi filmida bosh rolda debyut qildi. Berthelsen oʻzining kech oʻsmirlik davrida aktrisalik faoliyatini boshladi. Film Londondagi Curtis Brown Group-da Sofi Patterson tomonidan taqdim etilgan. U 2014-yilda „Mirrors“ qisqa metrajli filmda aktrisalik debyutini oʻtkazdi. Keyinchalik u Natskygge kabi qisqa metrajli Dyspno va Cape Fear fantastik janrdagi filmlarda suratga tushishda davom etdi. Linnea Berthelsen 2015-yilda "Hybryd" nomli Daniya filmida paydo boʻldi va 2017-yilda u Netflixning asl ilmiy fantastika dahshatli janrda olingan Stranger things seriyalida gallyutsinatsiyalar yaratish qobiliyatiga ega Kali / Eight (Sakkizinchi) sifatida suratga tushgan.
Filmografiya
Film
Televizion
Manbalar
uz.wikipedia.org