Lingvistik falsafa




Lingvistik falsafa , lingvistik tahlil falsafasi — analitik falsafadagi oqim. Falsa-faning dunyoqarashlik ahamiyatini inkor etib, jamiyatdagi barcha il-latlar tilning tafakkurga salbiy taʼsir koʻrsatishi natijasida sodir boʻladi, deb uqtiradi. Unga koʻra, tah-lilning maqsadi til ifodalari ni aniqlashtirishdan iborat. Lingvistik falsafa bilishning mohiyatini uning tilda -gi shaklidan ajratib qoʻyib, falsafiy va lingvistik tadqiqotlarni qorishtirib yuboradi. Bu oqim 1930-yillarda avstriyalik faylasuf va man-tiqchi L. Vitgenshteyn (1889—1951) va ingliz faylasufi J.Mur (1873—1958) gʻoyalari taʼsirida paydo boʻlib, Buyuk Britaniyada rivojlantirildi (G.Rayl, J.Ostin, J.Uisdom, P.Strouson).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz