Lingualeo




LinguaLeo (lotincha: Lingua — „til“, Leo — oʻyin shahsining ismi) — Ingliz tilini oʻrganish va amaliyot qilish uchun veb-servis. Servis kashfiyotchilari soʻzlariga koʻra 2012-yilning 1-oktabrida bu saytda 2.200.000 dan ortiq foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, asosan Rossiya va MDH davlatlaridan.

Bu servis „Ingliz tilini oʻrganishning etti siri“ degan loyiha asosida ish yuritadi va oʻz ichiga: „Maqom (motivatsiya) va istak, haqiqiy, autentik tilni oʻziga olish, andoza yasash va nusha koʻchirish, oʻzaro iqbollash, eng maqbul (optimum) intensivlik, omildorlik va muntazamlik“ larni oladi. Foydalanuvchining vazifasi — qiziqarli matnlarni tanlab, uni oʻzlashtirish va oʻziga nomaʼlum soʻzlarni belgilab, tarjimasini olish, mashgʻulotlarni bajarishdir. Bu loyihada „Arslon Leo“ shahsi ishlatilinib, loyiha oʻyin tarzida realizatsiya qilingan.
2012-yil 14-iyunda LinguaLeo kompaniyasi Rossiyaning venchur jamgʻarmasi Runa Capitaldan jami $3.000.000 xajmida venchur sarmoyalarini jalb qilishi toʻgʻrisida maʼlum qildi.

Tavsif



LinguaLeo veb-servisi foydalanuvchilari video, audio va matnli materiallar uyumidan foydalanish huquqiga ega. Bularga: interfaol (interaktiv) mavzuga oid kurslar (video va grammatika); shaxsiy lugʻat, mashgʻulotlar toʻplami (tovushlantirish, krossvord, soʻzlar tarjimasi); mavzuga oid soʻzlar izohi; hamda til oʻrganishda boʻlayotgan va boʻlishi mumkin boʻlgan tarraqqiyot aks ettirilgan rivojlanish jurnali kiradi.
iPhone yoki WinPhone uyali telefon egalariga bepul ilovalaridan foydalanishga ham imkoniyat yaratilgan.

Tarix




Jalb qilingan mablagʻlar veb-servisni yanada rivojlantirib halqoro sathga chiqishga yoʻnaltiriladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz