Lingua newari




Nevar tili , nevari — tibetbirma tillarinit sharqiy himolay guruhchasiga mansub til. Baʼzi jihatlari bilan ayrim turkiy, moʻgʻul va man-jur tillariga yaqin turadi. Nepalda, asosan nevarlar yashaydigan Katmandu vodiysida, shuningdek, qisman Hin-diston va Butanda tarqalgan. Unda 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Nevar tili 4 ta lahjaga ega: ularning 3 tasi Nepalning markaziy qismidagi Katmandu, Bhak-tapur, Lalitpur shaharlarida va toʻrtinchisi Nepalning sharqiy qismida tar-qalgan. Fonetikasi uchun boʻgʻiz undoshlari, burunlashgan unlilar xos. Morfologik tuzilishi agglyutinativ, oʻzak va affiksal morfemalari asosan bir boʻgʻinlidir. Feʼllar 5 xil tuslanish shakliga ega. Lugʻat boyligining 75 fo-izi nevarcha; sanskrit va tibet tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. Nevar tili 14—18-asrlarda Nepalning ras-miy tili boʻlgan, birok, 18-asr oxirida ham rasmiy, ham adabiy doirada uning oʻrnini nepal tili egallagan. 20-asrda soʻzlashuv shakllaridan, asosan, Katmandu laxjasi asosida adabiy Nevar tili kay-ta tirila boshladi. Nevar yozuvi 9-asrda brahmi asosida shakllangan, xrzirgacha cheklangan holda amalda. Hozirgi Nevar tili 18-asr oxiridan devanagari yozuvidan foydalanib keladi.

Nevar tili yoki Nepal Bhasha (नेपाल भाषा, Nēpāl bhāṣā) Nepalda amalda boʻlgan eng yirik tillardan biridir. XIV asrdan beri rasmiy-idoraviy til sifatida ishlatilib kelingan. Nevar tili Nepal va Katmanduda istiqomat qiluvchi nevar xalqining ona tilidir. Nevarchada 800 mingdan oshiq kishi gaplashadi.

Nepaldan tashqarida nevarcha Hindistonning Sikkim shtatida 11 rasmiy tildan biri sifatida belgilangan.

Nevar tili Tibet-Birma tillariga kiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz