Lindsay Price




Lindsay Jaylyn Price Stone (1976-yil 6-dekabrda tugʻilgan)—amerikalik televideniye aktrisasi va qoʻshiqchi. U Beverly-Hills, 90210 filmidagi Janet Sosna va Lipstick Jungle filmidagi Victory Ford rollari bilan mashhur. U, shuningdek, „ All My Children „ va “The Bold and the Beautiful“ kabi seriallarda ham suratga tushgan.

Yoshligi



Price Kaliforniyaning Arkadiya shahrida Uilyam Price va Haeja Dayan Price oilasida tugʻilgan. Pricening onasi Koreya urushidan keyin yetim qolgan keyinchalik asrab olingan. Haeja va akasini otasi urushda oʻldirilganidan keyin onasi tashlab ketgan.

Faoliyati



1982-yilda u oʻyinchoqlar sotuvchi „R“ Us uchun televizion reklama roligida boshqa yulduz Jaleel Uayt bilan birga suratga tushgan. U shuningdek, Wanda, McDonald's, Vivitar va Island Fun Barbie uchun televizion reklama roliklarida ham ishtirok etgan. U Canadaʼs Avenue va AQShning Steppinʼ Out, Fitness, Hamptons, Audrey va Yellow jurnal muqovalari uchun suratga tushgan.

Uning ekrandagi birinchi roli ABC telekanalining "Finder of Lost Loves" dramatik teleserialining „Yesterday’s Child“ epizodidagi Lan roli boʻlgan. 1989-yilda u "The Wonder Years " teleserialining „Walk Out“ epizodida suratga tushgan. U " All My Children " serialida An Li Chen rolini va „The Bold and Beautiful“ serialida Maykl Lay rolini oʻynagan.

2008-yildan 2009-yilgacha u NBC telekanalining " Lipstick Jungle " dramasida Nyu-York shahridagi moda dizayneri Victory Ford rolini oʻynagam. U „ Men onang bilan qanday tanishdim“ serialida va ABC telekanalining Eastwick filmida Joanna Frankel rolini oʻynagan.

Price musiqa sohasida faoliyat yuritadi. U 2007-yilda Someone Like Me nomli qoʻshiq chiqargan.

Shaxsiy hayoti



Prays 2004-yil iyul oyida Malibudagi ranchoda prodyuser va rejissyor Shoun Pillerga turmushga chiqdi. Er-xotin 2007-yilda ajrashishgan.

Price 2009-yil oxirida avstraliyalik mashhur oshpaz Kertis Stoun bilan uchrashishni boshladi. Ularning oʻgʻli Gudson 2011-yil 6-noyabrda tugʻilgan. Price va Stoun 2012-yil iyul oyida unashtirilgan. Ular 2013-yil 8-iyun kuni Ispaniyada turmush qurishgan. Ularning ikkinchi oʻgʻli Emerson Spenser 2014-yil 16-sentabrda tugʻilgan.

Filmografiyasi




Televideniye




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz