Linda Maxine Godwin
Linda Maxine Godwin (talaffuzi: Linda Maksin Godvin; 2-iyul, 1952 -yil, Cape-Girardeau, Missuri) — amerikalik fazogir. Linda Maxine Godwin 4 marta kosmik parvozni amalga oshirgan (1991, 1994, 1996 va 2001).
Linda „Ninety-Nines“ guruh aʼzosi.
Tarjimayi holi
Linda 1952-yil 2-iyulda Cape-Girardeau shahrida tugʻilgan. 1970- yilda oʻrta maktabini tamomlagan, 1974-yilda Cape-Girardeaudagi Janubi-Sharqiy Missuri shtatidagi Davlat universiteti[en]da matematika va fizika boʻyicha bakalavr, 1976-yilda magistr va 1980-yilda Kolumbiyaning Missuri universitetida fizika boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Amerika Jismoniy Jamiyatining (The American Physical Society), „Ninety-Nines“, Association of Space Explorers[en], Aircraft Owners and Pilots Association[en]jamiyatining aʼzosi. Lindon Jhonson kosmik markazida parvoz ekipaji operatsiyalari direktorining oʻrinbosari. Linda shaxsiy uchuvchilik guvohnomasiga ega.
NASAdagi faoliyati
Linda Godwin 1980-yildan beri NASAda foydali yuk integratsiyasi ustida ishlaydi, shuningdek, parvoz nazoratchisi va foydali yuk boʻyicha ofitser sifatida faoliyat yutiradi. Linda 1985-yildan beri fazogirlar nomzodi.
Kosmik parvozlari
Godwin koinotdagi 241-odam, AQShning 148-kosmonavti va orbital koinotga uchgan 14-ayol boʻlgan. U orbitada 38 kun (38 kun 06 soat 13 daqiqa) boʻlgan va 10 soatdan koʻproq vaqtni ochiq kosmosda oʻtkazgan.
Missiya emblemalari:
Mukofotlari
Shaxsiy hayoti
Linda astronavt Steven Nagel bilan turmush qurgan va 2014-yil 21-avgustda saraton kasalligidan vafot etguniga birga yashagan. Sevimli mashgʻuloti: saksafon va klarnet chalish, kitob oʻqish, parvoz.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org