Linda Cardellini




Linda Cardellini (1975-yil 25-iyunda tugʻilgan) - amerikalik aktrisa. Televideniyeda u oʻsmirlar uchun “Freaks and Geeks” (1999—2000), tibbiy drama “ER” (2003–09), “Bloodline” dramatik trilleri (2015–17) va “Dead to Me” tragikomediyasidagi bosh rollari bilan tanilgan. U komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻldi. Linda, shuningdek, "Mad men" (2013–15) dramasida mehmon sifatida rol oʻynab, Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning ovozli ishiga "Scooby-Doo! Mystery Incorporated" (2010–13), Regular show (2012–15), "Gravity Falls "(2012–16) va Sanjay and Kreyg (2013–16)animatsion seriyallari kiradi.

Linda "Skubi -Du" (2002) filmidagi Velma Dinkley obrazi va uning davomi "Scooby-Doo 2: Monsters Unleashed" (2004) hamda "Legally Blonde" (2001), "Brokeback Mountain" (2005) filmlarida ikkinchi darajali rollari bilan tanilgan. "Grandma’s Boy" (2006), "Kill the Irishman" (2011), "Avengers: Age of Ultron" (2015), "The Founder" (2016), "Green Book", "A Simple Favor" (ikkalasi ham 2018) va "Avengers: Endgame" (2019) filmlarida ham rol rol oʻynagan. Shunigdek u “Return” (2011) dramasida, “Eng yaxshi ayol bosh rol” nominatsiyasi uchun Mustaqil Ruh mukofotiga nomzod boʻlgan. Bundan tashqari “Daddy's Home” (2015) va “Daddy's Home 2” (2017) komediyalari va “The Curse of La Llorona” (2019) qoʻrqinchli filmida rol oʻynagan.

Yoshligi



Linda Kaliforniyaning Redwood City shahrida uy bekasi Lorraine Kardellini va tadbirkor Wayne David Cardellinining qizi boʻlib tugʻilgan. U toʻrt farzandning eng kichigi. Cardellini italyan, irland, nemis va shotland millatiga mansub. U katolik hisoblanaadi. U birinchi marta 10 yoshida, maktab spektaklida qoʻshiq kuylaganida omma oldiga chiqqan. Keyinchalik u bir nechta maktab spektakllarida rol oʻynadi va drama darslariga qatnasha boshladi. U 1993-yilda yaqin atrofdagi Mountain View katolik Sent-Frensisk oʻrta maktabini tamomlagan keyin televideniye va kinoda rollar izlash uchun Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan.

U Loyola Marymount universitetining Aloqa va tasviriy sanʼat yoʻnalishida oʻqigan va 1997-yilda teatr sanʼati yoʻnalishi boʻyicha bitirgan. 2007-yilda u universitet tomonidan “Hurmatli bitiruvchi” deb tan olingan.

Shaxsiy hayoti



Linda shou bekor qilinganidan keyin oʻzining “Freaks and Geeks” hamkasbi Jayson Segel bilan besh yil davomida uchrashgan. 2011-yil oktabr oyida Linda va uning sevgilisi Steven Rodriguez homiladorligini eʼlon qildi. Linda 2012-yil fevral oyida ularning qizini dunyoga keltirdi. Kardellini va Rodriguez 2013-yil iyun oyida unashtirilgan.

Filmografiyasi



Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz