Linda Aslaksen
Linda Charlotte Aslaksen (talaffuzi: Linda Sharlotta Aslaksen), shuningdek,
Zina nomi bilan ham tanilgan, (1986-yilda tugʻilgan) — Norvegiya janubidagi Porsgrunn shahrida tugʻilgan rassom va oʻqituvchi. Koʻcha rassomi sifatida shuhrat qozongan Linda Londonning Shoreditch hududida bir necha yil istiqomat qilganidan soʻng, 2018-yilda Karasjokdagi sanʼat maktabida dars berish uchun Norvegiyaga qaytib kelgan.
Tarjimayi holi
Norvegiya janubidagi Porsgrunn shahrida tugʻilgan Linda Sharlotta Aslaksen uzoq shimoldagi Karasjoklar oilasining qizi. U Falmut universiteti kollejining illyustratsiya va grafik dizayn boʻyicha bitiruvchisi. 2010-yildan boshlab Aslaksen Londonda bir necha yil yashab, Shoreditchda doʻstlari tufayli koʻcha rassomi sifatida faoliyat yurita boshlagabn. U asosan moviy rangdagi asarlarida koʻpincha ayollar va bolalarni tasvirlagan. The Huffington Post uni dunyodagi eng koʻzga koʻringan 25 ta ayol koʻcha rassomlaridan biri deb atagan.
Alasken Londonda toʻqqiz yil yashagach, 2016-yil avgust oyida Norvegiyaga qaytib, Finmarkaning Alta shahrida joylashadi. U yerda Alasken yoshlar maktabining devorlariga rasm chizadi. Keyinchalik u baliq zavodi devorida quloqchin taqqan anʼanaviy baliqchining portretini yaratib, yaqin atrofdagi Sørværning keng eʼtiborini tortadi. „Sørøyrocken festivalida yil rassomi kim boʻlishi kerakligiga shubha yoʻq“, deb izoh bergan madaniyat eksperti Ken Arne Brox.
2018-yilda Aslaksen oʻzi yashaydigan Altadan uncha uzoq boʻlmagan Karasjok shahridagi sanʼat maktabiga oʻqituvchi etib tayinlangan. Shuningdek, u Alta shahridagi Sisa madaniyat markazi bilan hamkorlik qiladi va mahalliy maktablardagi seminarlarda qatnashadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org