Lina Hurtig
Lina Mona Andréa Hurtig (1995-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, A Seriyaning Juventus klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
15 yoshga toʻlganidan soʻng, Avestadan boʻlgan Hurtig 2011-yilgi mavsumni Norrettanda Gustafs GoIF jamoasida futbol oʻynab oʻtkazdi. U 20 ta oʻyinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Musobaqa oxirida unga Damallsvenskan klublari LdB FC Malmö va Umeå IK dan takliflar boʻldi. U qisqa mashgʻulotdan soʻng i Umeå IK safiga borib qoʻshildi.
2016-yilgi mavsumdan soʻng Umea quyi ligaga tushib ketdi soʻng, Hurtig ikki yillik shartnoma asosida liga chempioni Linköpings klubiga oʻtdi.
2020-yil 31-avgustda Hurtig Juventusga oʻtdi.
Xalqaro karyera
19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida Hurtig 2012-yilgi U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. U gʻalaba qozongan Shvetsiya jamoasining finalda Ispaniyaga qarshi qoʻshimcha taymda 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinini boshlab bergan.
2012-yil dekabr oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundxage Hurtigni Bosondagi yigʻinga chaqirdi. Hurtig 2013-yil 19-iyun kuni Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 1:1 hisobida durang oʻynagan kattalar tarkibiga ham kiritilgan U mezbonlarning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun yakuniy tarkibidan joy olishga umid qilgan, ammo chaqiruv olmagan.
Hurtigni 2013-yil may oyida Norvegiyaga qarshi turnirdan oldingi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydondagi harakatidan soʻng, Sundxage uni jahon darajasidagi potentsial futbolchi sifatida ta’rifladi.
Hurtig 2014-yil noyabrida Kanada bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda zaxiradan maydoga tushdu bu uning birinchi marta katta jamoa bilan maydonga tushishi edi.
Hurtig 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Fransiyaga borgan Shvetsiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. U turnirdagi ilk golini Tailandga qarshi oʻyinda (5:1) kiritdi. 2021-yil iyul oyida u 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlab olindi. 21-iyul kuni Shvetsiya terma jamoasi AQSH ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Shaxsiy hayoti
2019-yil 16-avgustda Lina Hurtig Linköpings FCdagi jamoadoshi Liza Lants bilan oila qurganini eʼlon qildi. 2021-yil 11-iyun kuni Hurtigning qizi dunyoga keldi.
Karyera statistikasi
Xalqaro
Yutuqlar
Linköpings FK
Juventus
Shvetsiya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org