Lin Yutang
Lin Yutang (xitoycha-林語堂; 1895-yil 10-oktyabr — 1976-yil 26-mart) — xitoylik ixtirochi, tilshunos, yozuvchi, faylasuf va tarjimon.
Bolaligi
Lin 1895-yilda Xitoyning Fujian shahrida nasroniy vazir oilasida tugʻilgan. Togʻ muhiti chuqur taassurot qoldirgani uchun u oʻzini togʻ farzandi deb ataydi.
Akademik faoliyati
Lin Shanxaydagi Sent-Jon universitetida oʻqigan. Shundan soʻng Garvard universitetida doktorlik darajasini olish uchun Britaniyaga ketgan. Biroq moliyaviy qiyinchilik sabab u yerni erta tark etdi. Bir muddat Xitoy Mehnat Korpusida ishlagach, Germaniyaning Leypsig universitetida xitoy filologiyasi boʻyicha doktorlik darajasini oldi. 1923—1926-yillarda Pekin universitetida ingliz adabiyotidan dars bergan. Linning xitoy tilidagi maqolalari "Sevgi va kinoya bilan" (1940) kitobiga toʻplangan. "Koʻz yoshlari va kulgi oʻrtasida" (1943) asarida Gʻarb irqchiligi va imperializmi tanqid ostiga olingan.
Adib „Mening yurtim va mening xalqim“ (1935), „Koʻz yoshlari va kulgi oʻrtasida“(1943), "Tushunishning ahamiyati" (1960), "Xitoy sanʼati nazariyasi" (1967), „Pekindagi lahza“ (1939), "Boʻrondagi barg" (1940) kabi asarlar muallifidir. Uning koʻplab asarlarida Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi madaniy tafovut aks ettirilgan. 1940- yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti nomzodi boʻlgan. U 1976-yilda vafot etgan va Yangmingshandagi Tayvan qabristoniga dafn etilgan. Keyinchalik Lin tugʻilgan Banzay qishlogʻi uy muzeyiga aylantirilgan.
Lin stipendiyasi
Ingliz olimi Diran Jon oʻzining „The Life and Times of Lin Yutang“ asarida (Kolumbiya universiteti Ph.D. diss., 1991). Lin Yutangning yozuv mashinkasi va XIX asr oxiridagi yozuv islohoti, XX asr boshidagi xitoy milliy tili islohotida tutgan oʻrni batafsil yoritilgan.
Oilasi
Uning rafiqasi Liao Tsui-feng (廖翠鳳) yozuvchi boʻlib, qizi Lin Xsiang bilan birga inglizlar uchun xitoy pazandachiligi haqida uch kitob yozgan. Lin Yutangning uch qiz farzandi boʻlgan.
Ishlar
Lin Yutang asarlari Internet arxivida bepul onlayn
Xitoy tilida
Linning xitoy tilida 1935-yilgacha nashr etilgan asarlari:
Ingliz tilidagi asarlari[4]:
uz.wikipedia.org