Lin Blakley




Linda E. Blakley (qizlik familyasi: Stivens; 1947-yil 1-iyulda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. BBC telakanalida efir yuzini koʻrgan EastEnders serialidagi Pam Coker roli bilan tanilgan.

Faoliyati



2004-yilda BlakleyThe Football Factory filmida Tamaraning onasi (Sophie Linfield) hamda Effi’s Burning va All My Sons sahna asarlarida mos ravishda Effi va Kate rolida paydo boʻladi. Keyingi yili u Shaking Dreamland filmida Pam rolini va Derailed filmida Maureen Groves rolini oʻynaydi.

2006 va 2007-yillarda Blakley ITV dramasi Vital Signs va BBCda efirga uzatilgan Doctors serialida mos ravishda Irene va Susan Staplehurst rollarini ijro etgan. U, shuningdek, 2006-yilda Hay Fever and You Never Can Tell spektakllarida Klara va xonim Clandon obrazlarida hamda 2007-yilda Emma rolida Puntill and his man Matti sahnalashtirilgan pyessalarida koʻrinish beradi.

2007-yilda Blakley qisqa metrajli film Gone Fishingda Emily sifatida va ITVning politsiya bilan bogʻliq dramasi The Billning epizodida ham suratga tushadi. Aktrisa, keyingi yili, Sydney Turtlebaum filmida Brenda rolida, The Children telefilmida Mel rolida, The Billning ikkinchi epizodida Lorna Wickham rolida hamda Talking Headsning bir ayol ishtirokidagi spektaklda rollar ijro etgan.

Shaxsiy hayoti



Blakli 1960-yillar pop-guruhi The Tremeloes asoschisi Alan Blakleyga 1969-yilda turmushga chiqqan. Ikki yil oʻtgach, ular Kirsten ismli qiz farzand koʻrishadi. Kirsten ulgʻaygach Little Spitfire nomli hind guruhining bosh qoʻshiqchisi boʻladi va 1974-yilda ular Claudie ismli, boʻlajak Pride and Prejudice and Lark Rise to Candleford teleseriallarida muhim rollarni ijro etuvchi qiz farzand koʻrishadi. Blakley, shuningdek, Windlesham Drama Groupning homiysi va Quince Players Sunninghillning prezidentidir.

Filmografiyasi




Sahna rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz