Limfangoit
Limfangit , limfangoit (limfa va yun. angeion — tomir) — limfa tomirlarining yalligʻlanishi. Streptokokk, stafilokokk, ichak tayokchasi va boshqa qoʻzgʻatadi. Koʻpincha, teri va shilliq pardalarning chaqalangan joyidan kirgan infeksiya limfa oqimi orqali tushib, uni yalligʻlantiradi. Odatda, limfadenit bilan birga kechadi. Utkir va surunkali L. bor. Yalligʻlangan limfa tomiri boʻylab ogʻriq, shish, qizarish, berchlanish kuzatiladi, shuningdek, et uvishadi, harorat koʻtariladi, bemorning ahvoli keskin oʻzgaradi.
Etiologiyasi va patogenezi
Limfa tomirlarining yalligʻlanishiga stafilokokklar, kamdan-kam hollarda boshqa mikroblar sabab boʻladi. Mikroblar va ularning toksinlari limfa tomirlarining oʻtkir yalligʻlanishi
avj oladi. Limfangit kamdan-kam hollarda birlamchi boʻladi. Koʻpincha u oqma yaralar yoki mahalliy yiringli jarayon paydo boiishi natijasida ikkilamchi xususiyatga ega boʻladi.
Patologik-anatomik manzarasi
Toʻqimalar shishi, mayda limfa tomirlari atrofida tarqaluvchi infiltrat avj oladi. Birmuncha yirik tomirlarda toʻqimalar infiltratsiyasi avj oladi, bunda toʻqimalar mikroabssesslashga uchraydi va tromb paydo boʻladi. Yon-atrofdagi toʻqimalarda ikkilamchi paralimfangit manzarasi kuzatiladi, shuningdek, u shish belgilari va toʻqimalarning yiringli imbibitsiyasi bilan ajralib turadi. Kasallik surunkali kechganda koʻpincha limfa oqishining buzilishi bilan davom etuvchi toʻqima fibrozi rivojlanadi; limfa oqishining buzilishi jarayon kuchaygan sari besoʻnaqaylik fil oyogʻi kasalligini keltirib chiqarishi mumkin („elephantiasis“).
Klinik manzarasi
Kasallikning klinik manzarasi jarayonning oldini olishga, infeksiyaning virulentligiga, shuningdek, mahalliy toʻqima reaksiyasiga bogʻliq. Yuza mayda limfa tomirlari („lymphangitis simplex“) yalligʻlanganda saramasga oʻxshab terining qizarishi kuzatiladi. Teri qichishadi, sal-pal achishadi, kuchsiz isitma chiqadi. Yalligʻlanish jarayonining oʻtishiga koʻra, yirikroq limfa tomirlarida („lymphangitis truncularis“) ingichka qizil yoʻllar paydo boʻlib, ular dastlabki oʻchoqdan regional limfa tugunlariga choʻzilib borgan boʻladi. Ogʻriq kuchayadi, shish kattalashadi. Chuqur limfa tugunlari yalligʻlanganda klinik manzara yanada yaqqolroq aks etadi. Chuqur limfa tugunlari shikastlanganda lohaslik paydo boʻladi, harorat koʻtariladi,
shish kattalashadi. Abssesslar, toʻqima flegmonalari, saramas, koʻchib yuruvchi tromboflebit va sepsis roʻy berganda ikkilamchi asorat paydo boʻlishi mumkin.
Differensial diagnozi
Limfangitni oʻtkir yoki koʻchib yuruvchi limfadenitdan, toʻqima flegmonasidan, saramasdan, anaerob infeksiyadan va qorasondan farqlash lozim.
Davosi
Yuqoriga koʻtarib qoʻyilgan qoʻl yoki oyoqni osoyishta tutish zarur. Kasal qoʻl yoki oyoq qimirlamaydigan qilib qoʻyiladi. Isituvchi kompresslar va boshqa fizioterapevtik tadbirlar qoʻllaniladi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar ham yaxshi naf beradi. Yalligʻlanishning dastlabki oʻchogʻini (oqma yara, flegmona, abssess) bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Yiring paydo boʻlgan hollarda oʻchoq yorilib, yaralar drenaj qilinishi zarur. Kasallikning surunkali bosqichida kam dozalarda rentgen nurlari bilan nurlantirish va balneologik davo qilish qoʻllaniladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Limfangit — limfa tomirlarining yiringli yoki yiringsiz yallig‘lanishi hisoblanadi. Bu kasallik odatda limfa tomirlarida yuzaga keladigan infektsiya natijasida paydo bo‘ladi. Limfangit, ko‘pincha terining yoki teri osti to‘qimalarining infektsiyalari, masalan, yaralar, chandiqlar yoki burama jarohatlar tufayli rivojlanadi.
Sabablari
- Bakteriyalar, ayniqsa streptokokk va stafilokokk turlari;
- Terida jarohat yoki yallig‘lanish (chandiq, tirnalgan joy, yara);
- Infeksiya limfa tomirlariga kirganda.
Belgilari
- Teri yuzasida qizil chiziqlar paydo bo‘ladi (limfa tomirining yallig‘lanishini ko‘rsatadi);
- Terida shish va og‘riq;
- Issiqlik va yuqumlilik belgilar (harorat ko‘tarilishi, bosh aylanishi);
- Bo‘g‘im atrofi va limfa tugunlarining shishishi;
- Umumiy holsizlik va charchoq;
Diagnostika
- Klinik ko‘rinish va simptomlarga asoslangan;
- Ba'zan qon tahlili (leykotsitoz ko‘tarilishi);
- Yallig‘lanishga sababchi bo‘lgan mikroorganizmlarni aniqlash uchun og‘iz, yara yoki qonni o‘rganish.
Davolash
- Antibiotiklar (streptokokk va stafilokokk infektsiyalariga qarshi);
- Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar (analjeziklar, NSAID);
- Jarohatlarni tozalash va antiseptik davolash;
- Oraliq dam olish va shifokor ko‘rsatmasiga binoan bemorni kuzatish.
Oldini olish
- Terini zararlardan saqlash;
- Jarohatlar paytida tozalash va antiseptik vositalar bilan ishlov berish;
- Vaqtida infektsiyani davolash orqali limfa tomirlariga yuqumni oldini olish.
Limfangit vaqtida shifokor maslahatini olish juda muhim, chunki yallig‘lanish kechiktirilsa yoki noto‘g‘ri davolansa, u limfa tizimi va qon aylanish tizimini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.