Lim Jae-beom




Lim Jae-beom (koreyscha: 임재범, inglizcha: Lim Jae-beom; 1994-yil 6-yanvarda tugʻilgan, JB va Jey B nomi bilan tanilgan) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, prodyuser, raqqos va aktyor. U „GOT7“ oʻgʻil bolalar guruhining sardori, shuningdek „JJ Project“ va „Jus2“ duetlarining aʼzosi. 2012-yilda u "Dream High 2 „ dramasida aktyor sifatida debyut qilgan va bir yildan soʻng “When a person falls in love" melodramasida kichik rollardan birini ijro etgan.

Faoliyati



2009-2014: Yoshligi va faoliyatining boshlanishi



Lim Jae-beom 1994-yil 6-yanvarda Koreya Respublikasining Goyang shahrida tug‘ilgan. Bolalik va oʻsmirlik davrida Lim break dance bilan shugʻullangan. 2009-yilda „JYP Entertainment“ shirkatining ochiq tingloviga Jinyoung bilan birga borgan va ikkalasi ham tinglovdan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi o‘rinni egallagan, natijada agentlik bilan stajyor sifatida shartnoma imzolagan. 2011-yilda JB taxallusi ostida, 2012-yil 16-yanvarda efirga uzatilishi rejalashtirilgan 16 qismli „Dream High 2“ doramasida bosh rol uchun tinglovdan oʻtgan.
2012-yil may oyida JB va Jinyoung „Bounce“ mini albomi bilan „JJ Project“ doirasida duet sifatida debyut qilishdi. Ayni nomli „Bounce“ treki uchun klip 19-may kuni chiqarildi.

2015-yildan hozirgi kungacha: yakkaxon faoliyati



2015-yilda „GOT7“ guruhi aʼzolari „Dream Knight“ dramasida oʻzlarining super qahramon obrazalrida rol ijro etgan. 2017-yil 24-noyabrda JB Pohangda yuz bergan zilziladan aziyat chekkanlar uchun yordam berish fondiga 10 million von xayriya qilgani maʼlum bo‘lgan.
2018-yilda Yugyeom bilan birgalikda amerikalik multimedia rassomi Ben Johns bilan „Perrier“ gazli mineral suv brendi uchun „Collaboran“ art loyihasida ishtirok etgan.
2019-yil 5-martda JB „Got7“ning ikkinchi kichik guruhi „Jus2“da Yugyeom bilan „Focus“ mini albomining „Focus On Me“ bosh singli bilan debyut qildi.

Qoʻshiqnavislik va prodyuserlik



"JJ Project" va „GOT7“dagi faoliyati davomida JB koʻp hollarda qoʻshiqnavis, bastakorlar va/yoki prodyuser sifatida ham faoliyat yuritgan. Uning nomiga juda koʻp sonli qoʻshiqlar roʻyxatga olingan, jumladan „Bad Behavior (나쁜 짓)“, „Home Run“, „Q“, „Tomorrow, Today (내일, 오늘)“, „Prove It“, „On and On“ ", „Skyway“, „Shopping Mall“, „Teenager“, „You Are“, „Eclipse“, „Page“, „Look“ va boshqalar.

Diskografiyasi



Duetlari




Filmografiyasi



Teleseriallar




Mukofotlar va nominatsiyalar



1st KWEB Fest 2015




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz