LilyPichu
Lili Ki (1991-yil 20-noyabrda tugʻilgan),
LilyPichu nomi bilan tanilgan, amerikalik internet shaxsiyati, musiqachi, ovoz aktrisasi va animator. U kontent yaratuvchilarning OfflineTV guruhi aʼzosi.
Yoshligi
Ki 1991-yil 20-noyabrda tugʻilgan. U koreys millatiga mansub, Doniyor ismli akasi bor. Ki besh yoshida ota-onasi uning musiqaga qiziqishini sezganidan keyin pianino chalishni oʻrgana boshladi.
Karyera
Ki birinchi marta 2011-yilda uning „I’ll Quit LoL“ parodiya qoʻshigʻi YouTubeʼda tarqalgach mashhurlikka erishdi. 2017-yil iyul oyida Indy PopCon-da beixtiyor kospleychilarga melodika chalayotgan Ki haqidagi videosi ham internetga tarqaldi va shu kungacha uning eng koʻp koʻrilgan YouTube videosiga aylandi. Oʻsha oyda u OfflineTV ga qoʻshildi. Ki-ning asosiy yaratadigan videolari oʻyin, sanʼat va musiqani oʻz ichiga oladi.
2018-yil sentyabr oyida Riot Games YouTubeʼda League of Legends uchun yangi reklamalar seriyasini ishga tushirdi, jumladan Ki va sobiq OfflineTV aʼzosi Albert Chang ishtirokidagi „LilyPichu va Sleightlymusical: Duo“ ni ham.
Ki 2020-yilda eng koʻp koʻrilgan Twitch strimerlari roʻyxatida 5-oʻrinni egalladi. 2020-yil oxirida 5 Gum reklamasida koʻrinish berdi.
2021-yil 12-avgustda Ki Sub Urban va Bella Poarchning „INFERNO“ qoʻshigʻiga ishlangan klipda rol oʻynadi. U videoni targʻib qiluvchi oqimda ham ishtirok etdi.
Shaxsiy hayot
2018-yilda Ki
Sleightlymusical nomi bilan mashhur Albert Chang bilan uchrashishni boshladi. Keyinchalik ularning munosabatlari 2019-yilda nihoyasiga yetdi. 2020-yil mart oyida Ki jonli efirda Maykl Rivz bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi.
Diskografiya
Extended plays
Yakkaxon
Sanʼatkor sifatida Mashhur sanʼatkor sifatida Filmografiya
Anime
Videooʻyinlar
Musiqa videolari
Mukofotlari va nominatsiyalar
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org