Lilya Bujurova
Lilya Rustemovna Budjurova (qrim tatarcha: Lilâ Rustem qızı Bucurova, Lily Rustem qizi Budzhurova, ukraincha: Ліля Рустемівна Буджурова; 1958-yil 1-noyabrda Toshkent viloyati Angren shahrida tugʻilgan) — qrim-tatar shoirasi va jurnalisti. Ukrainada xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2005-yil).
Biografiyasi
Lilya Budjurova 1958-yil 1-noyabrda O‘zbekistonning Angren shahrida tug‘ilgan. 1979-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetinining filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-1991-yillarda rus va xorijiy til adabiyoti fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Ijodiy faoliyati
1989-yilda Lilya birinchi „Nekuplenniy bilet“, keyinchalik „Kogda mi vernyomsya“ samizdat to‘plamlarini nashr ettirgan. 1991-yilda u Qrimga ko‘chib o‘tgan. 1991-yildan 1997-yilgacha shoira Qrim-tatar gazetasining siyosiy nashri hisoblangan Avdetga bosh muharrirlik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Mustafo Jemilyevni (ukrainalik siyosatchi)tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan.
Budjurova 1991-yildan 2011-yilgacha Qrim-tatar tahririyati muharriri, so‘ngra „Qrim“ davlat teleradiokompaniyasining yetakchi muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Yillar davomida u bu yerda „Ona-yurt“, „Xavfli hudud“, „Bosh muharrir“ kabi qator mualliflik dasturlarini yo‘lga qo‘ygan va efirga uzatgan.
Budjurova bu lavozimni 2015-yil 1-aprelda telekanal yopilishi munosabati bilan tark etgan.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi
Budjurova 1991-yilda Qirim-tatar xalqining II Qurultoyiga delegat etib saylangan. Qrim-tatar xalqi tomonidan ikki marta ushbu lavozimga tayinlangan(1991-yildan 1997-yilgacha aʼzo).
1994-yildan 1998-yilgacha Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati bo‘lgan.
2015-yil 2-noyabr kuni Lenur Islomovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha uyida tintuv o‘tkazilgan.
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org