Lilongve




Lilongve — Malavi poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 440,4 min kishi (1998). Iklimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 20°, yiliga 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Lilongve — Malavini Mozambik va Zambiya bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Tamaki ekiladigan rayon markazi. Tamaki, makkajoʻxori va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, kiyim-kechak fabikalari, tamaki auksioni bor. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1902-yilda ingliz mustam-lakachilari tayanch punkti sifatida asos solingan. 1964-yilda mamlakat poytaxtini Zombadan Lilongvega koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1975-yildan Lilongve — rasmiy poytaxt. Lilongveda Zomba universiteti tarkibidagi qishloq xoʻjaligi kolleji va "Kamuzu" kolleji, Milliy kutubxona va boshqa bor. Eski shahar va yangi poytaxt qismlaridan iborat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz