Liliya Vilchek




Liliya ( Lilya ) Sharifovna Vilchek (1938-yil 15-fevral, Toshkent – 2020-yil 7-mart, Moskva) – sovet va rus adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori hamda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining professori.

Hayoti



Liliya Sharifovna Vilchek 1938-yil 15-fevralda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.

Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1960). Keyinchalik huddi shu universitetning aspiranturasini (1967) tamomlagan.

Liliya Sharifovna Norilskda (1960-62) va Toshkent nashriyotlarida jurnalist boʻlib faoliyat olib borgan. „Tekstilshik“ gazetasining (Toshkent) mas’ul kotibi lavozimida va Rossiya Federatsiyasida Agrosanoat deputatlik guruhida ishlagan.

Vilchek filologiya fanlari nomzodi boʻlgan (1973, dissertatsiyasi „publitsist V. Ovechkin ijodi“). 1977-yildan Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida (adabiy-badiiy tanqid va jurnalistika kafedrasi) dars bera boshlagan.

Liliya 1993-yilda „1950–1980-yillarda qishloq jurnalistikasining rivojlanish namunalari: tarixiy-nazariy tadqiqotlar tajribasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sharifovna SSSR Jurnalistlar uyushmasi va Moskva Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan (1992).

Liliya Vilchek Vsevolod Vilchekning rafiqasi.

Liliya Sharifovna 2020-yil 7-martda Moskvada vafot etdi va Vagankovskoye qabristoniga dafn qilindi.

Ijodi



Sharifovna 1960-yildan oʻz ijodini boshlagan. U mahalliy jurnalistika tadqiqotchisi boʻlgan.

Insholar
„Valentin Ovechkin. Jizn i tvorchestvo“. Moskva. 1977-yil;

„Yigʻim terimdan keyingi manzara. Qishloq jurnalistlar nigohida“. „Sov. pisatel“, 1988-yil;

„50-80-yillardagi sovet jurnalistikasi“. (V. Ovechkindan Y. Chernichenkogacha). Moskva davlat universiteti nashriyoti, 1996-yil.

Oʻzining tanqidiy maqolalarini „Znamya“ jurnalida chop ettirgan (1987).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz