Liliya




Piyozgul (Lilium), liliya — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik manzarali va efirmoyli oʻsimlik turkumi. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida 90 dan ortiq turi, 2000 ortiq navi bor. Ayrim turlari hind va Filippin o.larida ham uchraydi. Xushboʻy oq gulli P. (L. candidum), toʻq sariqgulli yoʻlbars P. (L.tig-rinum), qoramtir xolli toʻq qizil jingalak P. (L.mar-tagon^ap eng koʻp tarqalgan. P. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Har 3—6 yilda uyadagi piyozchalarini poyachalari soniga qarab, boʻlib-boʻlib oʻtqazish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Mayda piyozchalari bahorda, barglar qoʻltigʻida paydo boʻlgan piyozchalar avgustda, urugʻi bahorda ochik joyga, kuzda issiqxonaga ekiladi. Baʼzi turlari ildizidan koʻpayadi. May-sentabrda gullaydi. Oq gulli P.dan efir moyi olinadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz