Lilit Mkrtchian




Lilit Mkrtchian (armancha: Լիլիթ Մկրտչյան ; 1982-yil 9-avgustda tugʻilgan) — arman shaxmatchisi . U FIDE tomonidan 2003-yil xalqaro shaxmatchi va 1998-yilda ayol grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan. Mkrtchian ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha toʻrt karra Armaniston chempioni boʻlgan.

2002-yilda Mkrtchian Bolgariyaning Varna shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi individual Yevropa chempionatida 8½/11 ball toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2003-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy Yevropa chempionatida qatnashib, Armanistonga oltin medalni qo‘lga kiritishga yordam bergan va 2006-yili Turkiyaning Kushadasi shahrida oʻtkazilgan 7-chi yakka tartibdagi ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 7½/11 ball toʻplagan holda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2009-yilgi musobaqada u Tatyana Kosintseva bilan bellashib, 8½/11 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi va pley-offda yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi.

2009-yil dekabr oyida u Armanistonning 2009-yildagi eng yaxshi sportchilari roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallaydi.

Lilit Mkrtchian 2012-yil shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. U elo reytingi boʻyicha 27-raqamni egallagan edi. Ushbu chempionatning 1-turida Lilit Mkrtchian Ketevan Arakhamia-Grantga qarshi kurashda yengib chiqadi va 2-turga yoʻl oladi. Biroq 2-turda Nadezhda Kosintsevaga 2½:3½ hisobida magʻlub boʻlib, turnirni erta yakunlaydi.

2013-yilda ayollar o‘rtasidagi yakkalik Yevropa chempionatida uchinchi o‘rinni egallaydi va 2015-yilda Chengdu (Xitoy)da o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha ayollar jamolari o‘rtasidagi jahon chempionatida Mkrtchian ikkinchi doskada yakka tartibda oltin medalni qo‘lga kiritadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz