Lil Pip
Gustav Elijah Ahr (1996-yil 1-noyabr — 2017-yil 15-noyabr),
Lil PeeP nomi bilan mashhur boʻlgan Amerikalik reper va qoʻshiqlar muallifi. U GothBoiClique nomli emo-rap jamoasining aʼzosi edi.
Rep va rok musiqasining emo yoʻnalishi jonlanishiga yordam bergan Lil Peep 2010-yillarning o‘rtalaridagi emo-rap sahnasining yetakchi arbobi sifatida eʼtirof etilgan va begonalar va submadaniyat yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lgan.
Pensilvaniya shtatining Allentaun shahrida tugʻilgan, onasi Amerikalik va otasi esa Shved millatiga mansub va Long-Islandda oʻsgan. Åhr 2013 yilda „Trap Goose“ nomi bilan SoundCloud da musiqa chiqarishni boshladi, uning onasi bolaligidan beri „Peep“ deb chaqirardi, shu sababli u taxallusini Lil Peepga oʻzgartirdi. Tez orada u oʻzining 2015-yilgi „Star Shopping“ ni chiqarishi bilan platformada mashhur boʻldi va uning mashhurligi Lil Peep, Part One va Live Forever mixtayplarini chiqarishi bilan oshib ketti. . 2016-yilda Lil Peep oʻzining mashhur Crybaby va Hellboy mixtaplarini, shu jumladan, California Girls va Vertigo kabi koʻplab boshqa loyihalarini chiqardi.
Maʼlumotnomalar
Qoʻshimcha maʼlumot
Havolalar
uz.wikipedia.org