Lil Gnar




Caleb Shepard  — professional sifatida Lil Gnar nomi bilan tanilgan amerikalik qoʻshiqchi va reper.

Faoliyati



Lil Gnar Worldstarhiphop bilan hamrohlikda „Ride Wit Da Fye“ singli va Cole Bennett tomonidan suratga olingan Lil Skies va Kreyg Xen ishtirokidagi „Death Note“ videosi orqali ommani oʻziga jalb eta boshladi. Gnar 2018-yil 14-fevralda reper Germ bilan hamkorlikda „Big Bad Gnar Shit“ deb nomlangan debyut EPni chiqardi. 2019-yil 20-sentyabrda uning „FIRE HAZARD“ nomli ikkinchi miksteypi chiqdi, unda YBN Nahmir, Thouxanbanfauni, Lil Yachty, Kreyg Xen, Lil Skies, Germ, UnoTheActivist, Robb Banks, Tyla Yaweh va Lil Tracy ishtirok etgan. Gnar 2020-yil 21-fevralda Germ bilan hamkorlikda „Big Bad Gnar Shit 2“ nomli ikkinchi EPni chiqardi, EP to‘rtta qo‘shiqdan iborat bo‘lib, ikkitasi singl sifatida chiqarilgan. Gnar oʻzining „Die Bout It“ debyut albomini 2022-yil 20-mayda chiqardi, unda Tory Lanez, Yung Bans, Lil Keed, Yak Gotti, Trippie Redd, D. Savage, Lil Uzi Vert, Ski Mask the Slump God, Chief Keef va Lil Skies ishtirok etgan.

Gnarcotic



Gnar oʻzining kiyim-kechak brendini yaratgan. U Gnarcotic nomini oʻylab topdi, bu „siz sevgan narsangizga qaramlik“ maʼnosini anglatadi. U 17 yoshida oʻz mahsulotlar savdosini Twitter orqali boshladi va u Atlantada ijtimoiy tarmoq orqali mashhur boʻldi. Gnarcotic kiygan birinchi reperlar Pouya va Fat Nick edi. U hozirda Robb Bank$, Lil Yachty va $uicideboy$ bilan hamkorlik qilmoqda.

Studio Albomlari




Miksteyplar




Kengaytirilgan




Singllar



Bosh ijrochi sifatida

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz