Like Nastya
Anastasia Radzinskaya (2014-yil 27-yanvarda tugʻilgan), Internetda
Like Nastya nomi bilan tanilgan, rus-amerikalik YouTuber.U va uning ota-onasi Anna Radzinskaya va Yuriy Radzinskiy bir nechta YouTube kanallariga mezbonlik qilib, bolalarga mo‘ljallangan original hikoyalar va rolli o‘yinlar tayyorlaydilar. Uning asosiy kanali YouTubeʼda eng ko‘p ko‘rilgan beshinchi va eng ko‘p obuna bo‘lgan 6-kanaldir.
Kontenti
Anastasiyaning kontenti asosan bolalar qoʻshiqlari, taʼlimiy oʻyin-kulgilar, qutilarni ochish, vloglar va rolli oʻyinlarni oʻz ichiga oladi. Uning videolari nemis, arab, bangla, fransuz, portugal, hind, ispan, koreys, vetnam va indoneziya tillariga dublyaj qilingan.
Hayoti
Anastasiya Rossiyaning janubidagi Krasnodar oʻlkasida tugʻilgan. Unga Miya falajiga tashxis qoʻyilgan va shifokorlar u hech qachon gapira olmasligidan qoʻrqishgan edi.
Kanalini ochishdan oldin, Anastasiyaning onasi Anna Krasnodarda kelinlar saloniga, otasi Sergey esa kichik qurilish kompaniyasiga egalik qilgan. 2015-yilda Anastasiyaning ota-onasi oʻz kompaniyalarini sotishdi va 2016-yil yanvar oyida ular oʻzlarining kontentidan tez oʻsib boruvchi YouTube kanalini yaratishdi. Keyinchalik oila Florida shtatining Mayami shahriga koʻchib oʻtdi.
Anastasiyaning ota-onasi Yoola koʻp kanalli tarmogʻi va Jellysmack ijtimoiy media kompaniyasi bilan shartnoma tuzdilar. Forbes maʼlumotlariga koʻra, Anastasiya 2019-yilda „yetti tildagi videolar tufayli dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ijodkorlardan biri“ boʻlib, yillik daromadi 18 million dollarni tashkil etgan holda dunyodagi uchinchi eng koʻp maosh oluvchi YouTuberga aylandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org