Lignin




Lignin (lot lignum — daraxt, yogʻoch) — tabiiy murakkab polimer modda. Mol. m. 1000 dan 150000 gacha, zichligi 1250–1450 kg/m3. Tomirli oʻsimliklarning hujayralarida boʻladi. L. hujayra qobiqlarida toʻplanib hujayrani yogʻochlantiradi va uni mustahkam qiladi. Keng bargli daraxtlar tarkibida 20— 30%, igna bargli daraxtlar tarkibida 50% gacha L. bor. L. molekulasi aromatik spirtlarning polimerlanishida hosil boʻlgan moddalardan iborat. L. sariqjigarrang amorf modda, suv va organik erituvchilarda erimaydi. L. quyidagicha hosil boʻladi: shikim kislota - fenilalanin - dolchin kislota - ferul kislota - koniferil spirt - L. L. sellyuloza va gidroliz sanoatida chiqindi mahsulot hisoblanadi. Yoqilgʻi, donador faol koʻmir, gʻovak gʻisht, oʻgʻit, toʻldiruvchilar, mas, plastmassa ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz