Liard daryosi
Liard daryosi − Shimoliy Amerika oʻrmonidagi daryo hisoblanib Kanadadagi Yukon va Shimoli-Gʻarbiy hududlar boʻylab oqadi. Pelly togʻlaridan boshlanib, 1115 km boʻylab janubi-sharqqa, Britaniya Kolumbiyasi tomonga qarab choʻzilgan. Bu daryo Qoyali togʻlarning shimolidagi chegarasi hisoblanadi va bu daryo Fort Simpsondagi Makenzi daryosiga qarab oqadi. Liard daryosi Tayga oʻrmonlarining taxminan 277,100 km kvadrat qismini oqirib ketadi.
Geografiyasi
Daryolarning kelib chiqish joyi Quyi Makenzi daryosining chuchuk suvlari ekoregionidir. Yukonda daryo atrofidagi hudud Liard daryosi vodiysi deyiladi va Alyaska yoʻli daryoga ulanib ketadi. Bu atrofdagi hudud Liard tekisligi deb ataladi va Yukon-Tanana provinsiyasining bir qismi hisoblanadi.
Liard daryosi Nahanni buyvollari uchun yoʻl ham sanaladi.
Tarixi
Daryoning mahalliy nomi Nêtʼił Tué', ya'ni Kaska tilida „Osilgan daryo“ni bildiradi. Bu nomning tarixi daryoning boshlanish qismi bilan bogʻliqdir. U yerda Kaskaliklar koʻpincha echkilar uchun tuzoqlar qoʻyishgan va daryoning mahalliy nomi mana shu tuzoqlarga aloqadordir.
uz.wikipedia.org