Liane Moriarty




Liane Moriarty (1966 yil 15 noyabrda tugʻilgan) – avstraliyalik yozuvchi.

U toʻqqizta roman yozgan va The New York Times gazetasining eng koʻp sotilgan kitoblaridan boʻlgan – "Big Little Lies" va "Nine Perfect Strangers“ asarlar muallifidir, shuningdek ular mos ravishda HBO va Hulu teleseriallariga oʻzlashtirilgan.

Ilk yillari



Universitetni tugatgandan soʻng, Moriarty yuridik nashriyot kompaniyasida reklama va marketing sohasida ishladi. Keyinchalik, u mustaqil reklama kopirayter sifatida ishlashdan oldin, bir muddat oʻz freelancer reklama kompaniyasini boshqargan. 2004-yilda, Sidneydagi Macquarie universitetida magistrlik darajasini olganidan soʻng, ilmiy darajasining bir qismi sifatida yozilgan „Three Wishes“ nomli birinchi romani nashr etildi. Oʻsha vaqtdan beri u yana sakkizta romanini nashr etdi.

Moslashtirish



Uning „Big Little Lies“ romani HBO tomonidan teleserialga moslashtirilgan va bosh rollarni Reese Witherspoon, Nicole Kidman, Shailene Woodley, Laura Dern, Zoë Kravitz va Alexander Skarsgård ijro etgan. Serial premyerasi 2017-yil 19-fevralda boʻlib oʻtdi va birinchi mavsum 2017-yil 2-aprelda yakunlandi. Ikkinchi mavsum 2017 yil dekabr oyida eʼlon qilindi va uning premyerasi 2019-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi.

2013-yil sentabr oyida CBS Films Moriartyning oldingi romani, „Husband’s secret“ huquqlarini sotib oldi va 2017-yilning may oyida filmda Blake Lively rol oʻynashi eʼlon qilidi. 2022-yil fevralida Kat Coiro Sony Pictures kompaniyasi uchun filmga rejissyorlik qilishi eʼlon qilindi.

Uning 2018-yil 6-noyabrda nashr etilgan „Nine perfect strangers“ nomli romani Hulu tomonidan teleserialga moslashtirilgan. Unda Nicole Kidman bosh rolni ijro etgan va prodyuserlik qilgan.

Shaxiy Hayoti



Moriarty Sydneyda Tasmaniyalik sobiq dehqon eri Adam bilan birga yashaydi. Ularning George va Anna ismli ikki farzandi bor. U yozuvchi Jaclyn Moriartyning katta singlisidir.

Adabiyotlar roʻyxati



Romanlar

Bolalar kitoblari

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz