Liam McAlinden
Liam James McAlinden (talaffuzi: Liyam Jeyms Makalinden) (1993-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Liam McAlinden Milliy liga vakili „Wrexham“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Wolves
Liam McAlinden oʻzining birinchi professional shartnomasini 2010-yilda „Wolves“ futbol klubi bilan imzolagan.
Hujumchi Liam McAlindenning bobosi irlandiyalik. Shuning uchun u Shimoliy Irlandiyani yoshlar darajasida himoya qilgan edi. Liam McAlinden Angliyada tugʻilgan edi. Biroq, 2013-yil iyun oyida u Irlandiya Respublikasiga sodiqligini oʻzgartirdi.
2013-yil oktyabr oyida Liam McAlinden Birinchi liga vakili „Shrewsbury Town“ futbol klubiga uch oyga ijaraga berildi. Liam McAlinden „Gillingham“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib klub safidagi ilk oʻyinida raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻldi.
2014-yil oktyabr oyida Liam McAlinden „Fleetwood Town“ futbol klubiga uch oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Biroq, „Fleetwood“ klubi uchun dastlabki 5 oʻyinida ikki marta gol urganidan soʻng, Liam McAlinden asosiy klubidagi jarohatlar oʻrnini qoplash uchun chaqirildi.
Liam McAlinden 2015-yilning iyulida yarim mavsumlik ijara asosida ikkinchi marta „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qayta qoʻshildi. 2016-yilning mart oyida u „Crawley Town“ futbol klubi bilan 2015—2016-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasini imzoladi.
Exeter City
2016-yil 31-may kuni Liam McAlinden Ikkinchi liga klubi „Exeter City“ bilan shartnoma imzoladi. Liam McAlinden 2016-yilning 13-avgustida „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) „Exeter“ safidagi ilk golini kiritdi.
Cheltenham Town
"Exeter" klubini tark etganidan keyin Liam McAlinden 2018-yil 28-iyulda Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil 15-dekabrda McAllinden dastlabki oylik ijara asosida „Brackley Town“ klubiga qoʻshildi. Keyin u bir oydan soʻng „Cheltenham“ klubiga qaytib keldi va ikki kundan soʻng Liam McAlinden „Kidderminster Harriers“ klubiga ham bir oyga ijaraga berildi. Klub 2019-yil 21-fevralda hujumchining ijara shartnomasi mavsum oxirigacha uzaytirilganini eʼlon qildi.
Halifax Town FC
2019—2020-yilgi mavsum boshida Liam McAlinden „Halifax Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Stockport County
2020-yil 14-yanvarda Liam McAlinden „Stockport County“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Wrexham
2021-yil 9-iyulda Liam McAlinden Milliy Liga vakili „Wrexham“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org