Liam Kirk
Liam Kirk (talaffuzi: Liyam Kirk) (2000-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — britaniyalik professional xokkeychi. Liam Kirk hozirda ECHLning „Atlanta Gladiators“ xokkey jamoasida oʻynamoqda. Liam Kirk oʻz faoliyatini Britaniyaning Elit xokkey ligasi klubi "Sheffield Steelers" xokkey jamosida boshlagan.
2018-yil iyun oyida Liam Kirk „Arizona Coyotes“ xokkey klubi safiga 2018-yilgi NHLga kirish loyihasida 189-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati
Sheffield Steelers
Liam Kirk Janubiy Yorkshiredagi kichik Maltby shaharchasida oʻsdi. Liam Kirk ota-onasi va oilasi bilan „Sheffield Steelers“ xokkey klubining oʻyinini tomosha qilish uchun borganlarida xokkeyga qiziqa boshlagan edi. Shundan soʻng, Liam Kirk xokkey bilan shugʻullana boshladi.
Liam Kirk „Sheffield Steelers“ xokkey klubining yoshlar akademiyasida oʻynay boshladi.
Liam Kirk 2015—2016-yilgi mavsumda Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey terma jamoasi safida shimoliy ligada oʻynadi. Liam Kirk 60 gol va 38 golli uzatma bilan 98 ochko jamgʻarib, ligada peshqadamlik qildi. Oʻsha yili „Sheffield Steelers“ xokkey klubining 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar xokkey jamoasi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Liam Kirk, shuningdek, Buyuk Britaniyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy xokkey terma jamoasi uchun ham tanlangan edi.
Liam Kirk „Sheffield Steelers“ xokkey klubi bilan uch yillik shogirdlik shartnomasiga imzo chekdi.
Liam Kirk "Arizona Coyotes" xokkey klubi safiga 2018-yilgi NHL kirish loyihasida 189-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Liam Kirk Angliyada tugʻilib oʻsgan, lekin NHLga chaqirilgan birinchi xokkeychi boʻldi. Liam Kirk iyun oyida CHL import loyihasida 8-oʻrinni egalladi va Ontario xokkey ligasining (OHL) "Peterborough Petes" xokkey jamoasida oʻynay boshladi.
2020-2021-yilgi OHL mavsumi COVID-19 pandemiyasi tufayli Liam Kirk Yevropada faoliyatini davom ettirdi. Dastlab 2020-yil 17-oktyabrda Shvetsiyaning „Hanhals IF“ xokkey jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.
2021-yil fevral oyida Liam Kirk NIHL vakili „Sheffield Steeldogs“ xokkey klubi bilan ijaraga shartnoma imzolab, vaqtincha Buyuk Britaniyaga qaytdi.
2021-yil 18-iyunda Liam Kirk „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2021-yil 28-iyulda „Arizona Coyotes“ klubi rasmiy ravishda Kirk klub bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org