Liam Delap




Liam Rory Delap 2003-yil 8-fevralda tavallud topgan — professional inglizfutbolchisi, Angliya chempionatining " Stok Siti " klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. U bu klub tarkibiga Angliyaning Manchester Siti klubidan ijara asosida kelib qoʻshilgan.

Jamoalardagi faoliyati



Delap " Manchester Siti „ akademiyasiga 2019-yilda “Derbi Kaunti" klubidan kelib qoʻshildi. U yoshligidanoq oʻz iqtidorini namoyish qildi va Angliya terma jamoasi bilan bir necha bor Yoshlar Ligasida oʻynadi. Delap 2020-yilda boʻlib oʻtgan 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Premer-liga kubogi finalida bir assist amalga oshirdi va ikkita gol ham urdi.

2020-yil 24-sentyabrda Delap APL kubogi doirasida OFK "Bornmut "ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida oʻzining asosiy tarkibdagi debyutini oʻtkazdi va oʻzining birinchi golini 18-daqiqada urdi. Uchrashuv tugaganidan soʻng soʻng klub murabbiyi Pep Gvardiola uni maqtab, Delap asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarni davom ettirishini tasdiqladi. Uch kundan soʻng u Premer-ligadagi debyutini oʻz uyida " Lester Siti " ga qarshi oʻtkazdi. U 51-daqiqada Fernandinyoning oʻrniga maydonga tushdi va u maydonga tushgan bahsda „shaharliklar“ ning qoʻli 5:2 hisobida baland keldi. 2021-yil aprel oyida Gvardiola Delap keyingi mavsum oldidan doimiy ravishda asosiy jamoa bilan shugʻullanishini tasdiqladi. Delap oʻzining birinchi kubogini 25-aprel kuni "Manchester Siti " bilan „ Uembli“ stadionida Liga kubogi finalida „Tottenxem“ni 1:0 hisobida magʻlub etganida qoʻlga kiritdi. Biroq Delap asosiy tarkibda oʻyinga tushmagan. Aksincha, oʻyinni tribunada oʻtirib kuzatishga majbur boʻlgan.

2021-yilgi mavsumoldi mashgʻulotlarida Delap oyogʻidan jarohat oldi, natijada u " Lester Siti "ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yubordi, bu oʻyinda „Manchester Siti“ 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va keyingi Premer-liganing „Tottenxem“ ga qarshi oʻyinida ham magʻlubiyatni qarshiladi. 20-avgust sanasida uni ijaraga olmoqchi boʻlgan chempionatning bir qancha klublari tomonidan qiziqishlar tufayli „Manchester Siti“ Delap bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va uni 2026-yilgacha klubda qolishga koʻndirdi. Bir qator jarohatlardan soʻng u mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil fevralida Angliya kubogi 3-tur doirasidagi „Fulxem“ ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi. Delap Premer-liga doirasida kechgan " Norvich Siti " ga qarshi uchrashuvda 4-golni penalti orqali urdi va „shaharliklarning“ 4:0 hisobida gʻalaba qozonishini taʼminladi. 2022-yil 15-fevralda Delap UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida Bernardu Silva oʻrniga maydonga tushdi va oʻsha oʻyinda uning klubi Portugaliya chempioni "Sporting CP " ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2022-yil 18-avgustda Delap 2022-23-yilgi mavsum uchun ijara asosida " Stok Siti "ga oʻtdi. U 2022-yil 8-oktabrda „Stok Siti“ safida " Sheffild Yunayted "ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻzining birinchi golini kiritdi.

Xalqaro karyera



Delap Angliya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U Turkiyadagi U16 Xalqaro terma jamoalar uchun boʻlib oʻtgan „Mercedes-Benz Egey-2019“ turnirida eng yaxshi toʻpurar boʻldi va U17 uchun oʻynashni davom ettirdi.

2021-yilning 29-martida Delap U18 doirasidagi Lekvit stadionida boʻlib oʻtgan Angliya va Uels oʻyinida oʻzining terma jamoa safidagi ilk debyutini amalga oshirdi. Ushbu oʻyin 2:0 hisobida Angliya foydasiga hal boʻlgan.

2022-yil 23-mart kuni Delap Beskot stadionida 2022-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashi doirasida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻyinda (3:1) U19 terma jamoa safida debyutini oʻtkazdi.

2022-yil 17-iyunda Delap 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati uchun Angliya U19 terma jamoasiga kiritildi. U guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi. 2022-yilning 1-iyulida Delap finalda qoʻshimcha daqiqalarda zaxiradan maydonga tushdi va Aaron Remsiga oʻyindagi soʻnggi golini kiritishiga yordam berdi, oʻsha oʻyinda Angliya Isroilni 3:1 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi.

2022-yil 21-sentyabrda Delap Angliya U20 terma jamoasida debyut qildi va „Pinatar Arenada“ Chili ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti



Delap Xempshir shtatining Vinchester shahrida tugʻilgan va Irlandiya Respublikasi terma jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq professional futbolchi Rory Delapning oʻgʻli. Uning bobosi va uchta amakisi Donegal okrugining Letterkenni shahridan boʻlishgan.

Karyera statistikasi



match played 12 November 2022

Yutuqlar



Angliya U19 kubogi

Manbalar




Havolalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz