Liakat Ali Xon




Liakat Ali Xon (1895.1.10— 1951.16.10) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Pokiston davlatini barpo etish harakati rahbarlaridan biri, yurist. 1923-yildan Musulmonlar ligasi partiyasining aʼzosi, 1936—1937-yillarda uning bosh kotibi, 1950-yildan esa prezidenti, 1926-yildan Hindiston viloyat, 1937-yildan esa Hindiston markaziy qonun chiqaruvchi majlisi aʼzosi. L.Liakat ali xon Pokiston davlati barpo etilgach, uning 1-bosh va mudofaa vaziri (1947-yil avgustdan) boʻlgan. U Pokistonda Musulmon ligasi sharqiy guruhi bilan uning Liakat ali xon boshchiligidagi gʻarbiy guruhi oʻrtasida boshlangan hokimiyat uchun kurash jarayonida otib oʻldirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz