Li Xuerui
Li Xuerui (1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik professional badmintonchi. U oʻz davrining eng muvaffaqiyatli oʻyinchilaridan biri. Xuerui 2012-yilgi London Olimpiadasining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida oltin medal sohibi, 2013 va 2014-yilgi jahon chempionatlarida kumush medal sohibi boʻlgan. Li Xuerui oʻn toʻrtta Superseriya gʻalabasini qoʻlga kiritdi va bu uning Xitoyda Wang Yihandan keyin ikkinchi eng muvaffaqiyatli badmintonchi ekanligini tasdiqladi. Xuerui 124 hafta davomida ayollar yakkalik bahslarida 1-oʻrinni egallab, faoliyatining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Li Huaqiao Universitetining bakalavr darajasini tamomlagan.
Faoliyati
Li Xuerui 7 yoshida badminton o‘ynay boshlagan. U Chunsin shahridagi mahalliy klublarda oʻynay boshladi. Xuerui Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etganida badmintonchi sifatida professional debyut qilgan.
2008-yil
Xuerui 2008-yilda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2010-yil
2010-yilda Li Xuerui Makao ochiq chempionatida birinchi Grand Pri Oltin sovrinini qoʻlga kiritdi, finalda u indoneziyalik Adrianti Firdasarini 21-18, 21-15 hisobida magʻlub etdi.
Li oʻzining birinchi yirik turniri — Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. Finalda u o‘z hamyurti Liu Xinni 21-13, 18-21, 21-19 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2012-yil
2012-yilda u Osiyo chempionatida Wang Yihanni 21-16, 16-21, 21-9 hisobida mag‘lub etib, o‘zining muvaffaqiyatini takrorladi.
Li finalda Wang Yihanni 21-13, 21-19 hisobida magʻlubiyatga uchratib, birinchi marta Butun Angliya ochiq musobaqasida nufuzli Superseriya Premier gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Keyin u Hindiston, Xitoy va Gonkong ochiq xalqaro musobaqalari kabi boshqa gʻalabalarga sazovor boʻldi.
Xuerui beshta Superseriya sovrinini toʻpladi, jumladan Dubaydagi Superseriya finalida u finalda Wang Shixianni magʻlub etdi.
2012-yilgi mavsumni Li Xuerui uchun faoliyat choʻqqisi deb aytish mumkin. U Olimpiada o‘yinlarida ilk bor ishtirok etdi va 5-avgust kuni London Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi, finalda hamyurti Wang Yihanni 21-15, 21-23, 21-17 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2013-yil
2013-yilda Xuerui finalda tailandlik Ratchanok Intanonga 22-20, 18-21, 14-21 hisobida mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xuddi shu yili u Indoneziya, Xitoy ochiq musobqalari va Superseriya finalida uchta Superseriya chempionligiga sazovor boʻldi.
2014-yil
2014-yilda Xuerui jahon chempionati finaliga chiqdi, keyin u ispaniyalik badmintonchi Carolina Maringa 21-17, 17-21, 18-21 hisobida yutqazdi.
Li toʻrtta Superseriya chempionligini qoʻlga kiritdi, shu jumladan Indoneziya Ochiq chempionatida oʻz gʻalabasini muvaffaqiyatli himoya qildi, qolgan gʻalabalar: Yaponiya, Malayziya va Daniya ochiq chempionatlari.
2015-yil
2015-yilda Li Xuerui Daniya ochiq chempionatida oʻz gʻalabasini himoya qilishga muvaffaq boʻldi. Finalda u hindistonlik P. V. Sindhuni 21-19, 21-12 hisobida magʻlub etdi.
2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari: yurak urishi va jarohatlar bilan bogʻliq muammolar
2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida yarim finalda Li Xuerui oldingi xochsimon bogʻlami (ACL) va lateral meniskdan jarohat olganida dunyoning 1-raqamli badmintonchisi Carolina Maringa magʻlub boʻldi. Bu yana uni bronza medali uchun Nozomi Okuharaga qarshi bahsni ham tark etishga majbur qildi.
2018-yil: Professional badmintonga qaytish
Li 2017-yilgi Xitoy milliy oʻyinlarida professional badmintonga qaytdi, u yerda ayollar juftlik bahslarida oʻynadi, ammo guruh bosqichida magʻlub boʻldi. U hali to‘liq tuzalmagani sababli yakkalik o‘rniga juftlik toifasida o‘ynagan edi. 2018-yilda Xuerui 600 kunlik tanaffusdan soʻng 2018-yilgi Lingshui China Masters musobaqasida gʻolib boʻlgan holda xalqaro ayollar yakkalik musobaqasiga qaytdi.
2019-yil
2019-yilda Xuerui 25 marta o‘ynagan va 11 ta g‘alaba va 14 ta mag‘lubiyatga ega boʻldi. U Butun Angliya ochiq turnirida chorak finalga chiqdi va 2017-yilgi jahon chempioni yaponiyalik Nozomi Okuharaga 17-21, 14-21 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan soʻng, Yangi Zelandiya ochiq chempionatida janubiy koreyalik yosh An Se-young 19-21, 15-21 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi.
Xuerui Avstraliya ochiq chempionatida ikkinchi o‘yinda ustun kelganiga qaramay, Busanan Ongbamrungphanga 21:18, 20:22, 6:21 hisobida yutqazdi. Keyinchalik uning faoliayti katta muvaffaqiyatsizlikka guvoh boʻldi. Xuerui Indoneziya, Tailand, Yaponiya va Xitoyda qatnashib, barcha turnirlarda birinchi bosqichdayoq mag‘lub bo‘ldi. U 17-oktyabr kuni Koreya ochiq musobaqasida Sayaka Takahashiga qarshi birinchi davra o‘yini 2-matchda 15:21, 3:11 hisobida ortda qolganidan so‘ng xalqaro turnirdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari
Ayollar yakkaliklari
Jahon chempionatlari
Ayollar yakkaliklari
Osiyo oʻyinlari
Ayollar yakkaliklari
Osiyo chempionati
Ayollar yakkaliklari
Universitetlar oʻrtasidagi jahon chempionati
Ayollar yakkaliklari
Ayollar juftligi
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
Qizlar yakkaliklari
BWF World Tour
2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan.
Ayollar yakkaliklari
BWF Superseriyasi
2006-yil 14-dekabrda boshlangan va 2007-yilda joriy etilgan BWF Superseriyasi Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF Superseriyasi ikki darajaga ega: Superseriya va Superseriya Premier. Superseriya mavsumi butun dunyo boʻylab 2011-yildan beri joriy qilingan oʻn ikkita turnirni oʻz ichiga oladi, muvaffaqiyatli oʻyinchilar yil oxirida boʻlib oʻtadigan Superseriya finaliga taklif qilinadi.
Ayollar yakkaliklari
BWF Superseriyasi final turnirlari
BWF Superseriyasi Premier turnirlari
BWF Superseriyasi turnirlari
BWF Grand Prisi
BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: BWF Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan badminton turnirlari seriyasidir.
Ayollar yakkaliklari
BWF Grand Pri Oltin turnirlari
BWF Grand Pri turnirlari
Tanlangan raqiblarga qarshi rekordlari
Quyida Li Xueruining yil yakuni boʻyicha finalchilar, jahon chempionati yarim finalchilari va Olimpiada chorak finalchilariga qarshi oʻyinlaridagi rekordlari keltirilgan:
Manbalar
uz.wikipedia.org