Li Xuepeng
Li Xuepeng (talaffuzi: Li Syuepen) (1988-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Li Xuepeng futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Dalian Shidening asosiy jamoasiga koʻtarilganida boshlagan. U klubdagi debyutini 2007-yilning 9-avgustida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan. Li klub uchun birinchi golini 2007-yilning 4-noyabrida „Xanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Bu 2007-yilgi mavsum oxirida Birinchi divizion ligasining „Citizen“ jamoasiga ijaraga berilishiga olib kelgan. 2007-yilning 2-dekabrida „Happy Valley“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qilgan. Li 2008-yilgi mavsum boshida Dalianga qaytgan. 2009-yilgi mavsum boshida u oʻzining yarim himoyada yoki himoyada oʻynash qobiliyati tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Li 2012-yilgi mavsumda klubdagi asosiy oʻrnini yoʻqotgan va butun mavsum davomida atigi uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yil yanvar oyida Dalian Shide offseasonda tarqab ketganidan keyin Li Dalian Aerbinga oʻtgan.
2014-yil 10-iyunda Li jamoadoshi Yu Hanchao bilan birga Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yil 27-iyulda Henan Jianyega qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, 70-daqiqada Liu Jianning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan. U 2016-yil 23-iyunidan soʻng bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari matbuot anjumanida Lidan boshqa hech qachon foydalanmasligini aytganidan soʻng u „Guangzhou“ jamoasidan chetlashtirilgan. Bir necha hafta oʻtgach, Li 2016-yil 9-avgustda Skolari bilan yarashganidan soʻng Beijing Guoanga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Xalqaro faoliyati
Li Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 4-iyunida Fransiyaga qarshi bahsda (1:0) oʻtkazgan u Du Vey oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. Keyin u 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (2:2) ishtirok etgan terma jamoaning asosoiy tarkibida maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
Li Xuepeng xitoylik sobiq futbolchi Li Xitsayning oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
Xalqaro statistika
Yutuqlar
Klub
Guangzhou Evergrand Shaxsiy yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org