Li Sofus




LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy muxbir aʼzosi (1896). Oslodagi Xristianiya universitetini tugatgan (1865); shu universitetda (1872—86), soʻng Leypsig universitetida (1886—98) professor Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi (qarang Gruppa). L.ning bu sohadagi ishlari differensial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va boshqa sohalarda muhim oʻrin tutadi. N.I.Lobachevskiy nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor bulgan (1897).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz