Li Kin-ho




Li Kin Ho (talaffuzi: Li Kin Hu) (1985-yil 11-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Daegu FC va Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynaydi . 2007-yildan beri Janubiy Koreya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, hozirda u 84 oʻyinda 19 ta gol urgan. Lii 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati



Bupyong oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Li 2004-yilda mahalliy Incheon United jamoasiga qoʻshilgan. Li Incheonning zaxira jamoasida uch yil oʻynagan. Zaxira jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan R ligasida eng yaxshi o‘yinchi sovrinini qo‘lga kiritgach, K liga klubida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Daegu FC uni 2007-yil boshida oʻz safiga qoʻshib olgan.

Daegu FC murabbiyi Byun Byung-ju oʻz jamoasiga tezkor va oʻta agressiv „oʻq futbol“ taktikasini olib kelgan va shu taktikaga mos oʻyinchilar qidirgan. Oradan viroz vaqt oʻtib u Lini klubga olib kelgan. U 2007 va 2008-yilgi mavsum K Ligada Janubiy Koreya futbolchilari orasida eng yaxshi toʻpurarga aylangan.

Li 2008-yilning dekabrida Degu bilan shartnoma tugaganidan keyin Yevropaga ketmoqchi boʻlgan. Bir nechta Yevropa klublari unga qiziqish bildirishgan va Liga Premer-liganing „Blackburn Rovers“ klubidan sinov taklif qilingan. U 2009-yilning aprel oyida J1 League klubi Júbilo Ivata bilan toʻqqiz oylik shartnoma imzolagan. Li ikki oy davomida „Jubilo Ivata“da oʻynaganidan soʻng iyun oyida Liga 1ning „Pari Sen-Jermen“ klubiga oʻtishga harakat qilgan, lekin Parij bilan muzokara oʻtkaza olmagan. Nihoyat, u Xubilo Ivata bilan shartnomani 2010-yilning iyuligacha uzaytirgan.

Li Gamba Osakaga 2010-yil iyun oyida qoʻshilgan. 2011-yil J1 ligasida Gamba uchun 32 oʻyin oʻtkazib, 15 gol urgan.

2012-yilning 10-yanvarida u Janubiy Koreyaga qaytib, Ulsan hyundai bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Ulsanda bir yil davomida u oʻz jamoasini Osiyo Chempionlar Ligasi chempioniligi sari yetaklagan, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi va Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati



Li 2005-yilda Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga tanlangan. Biroq zaxira o‘rindig‘ida qolgan. U 2006-yilda yozgi Olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan va Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan jamoaning eng qimmat oʻyinchisiga aylangan. Li 2007-yilgi OFK Osiyo kubogi uchun tanlangan, shuningdek, 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash bosqichida Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv olgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Jubilo Ivata

Ulsan Hyundai

Sangju Sangmu

Jeonbuk Hyundai Motors

Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz