Li Jon-hyop




 

Li Jon Hyop (1991-yil 24-iyunda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, K liga 1 jamoasi „Gangwon“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



U Pusan IPark tomonidan 2013 K League 1 loyihasida tanlab olingan. Li 2013-yil 1-iyun kuni „Jeonbuk Hyundai“ga qarshi liga o‘yinida Pusan uchun o‘zining dastlabki ikkita golini kiritgan.

Li majburiy harbiy xizmatni yakunlash maqsadida 2014-yilgi mavsum uchun Sangju Sangmu harbiy jamoasiga oʻtgan. U debyut mavsumida toʻrtta gol urgan, ammo Sangjuning divizionda quyi ligaga tushib ketishiga moneʼlik koʻrsata olmagan.

Milliy xizmatini tugatgandan soʻng, Li 2016-yilda K League 1 jamoasi „Ulsan Hyundai“ga ijaraga oʻtgan. Klub uchun atigi toʻrtta gol urganidan soʻng , 2017-yilgi mavsumda oʻzining dastlabki klubiga qaytgan. Oʻnta goldan iborat shaxsiy eng yaxshi natijani qayd etganidan soʻng, Li yana ijara asosida Yaponiya jamoasi Shonan Bellmarega oʻtgan . Biroq u yapon klubida o‘zini koʻrsata olmagan va keyingi yili Koreyaga qaytgan. 2019-yilda Li oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazgan va Pusan uchun 13 ta gol urgan. Li Pusan jamoasiga K liga 1ga chiqishga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati



2014-yil dekabr oyida Li Janubiy Koreya terma jamoasining 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibiga kiritilgan. U Saudiya Arabistoniga qarshi turnirdan oldingi oʻrtoqlik oʻyinida Taegeuk Warriors safida debyut qilgan va koreyslar 2:0 hisobida gʻalaba qozongan paytda oʻzining birinchi xalqaro golini urgan. Janubiy Koreyaning guruhdagi so‘nggi o‘yinida Li turnir mezboni Avstraliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritib, koreyslarning "A" guruhida birinchi o‘rinni egallashga zamin yaratgan. 2015-yilning 26-yanvarida Li Janubiy Koreyaning Iroqqa qarshi o‘yinda (2:0) yarim finalda gol urgan va milliy terma jamoasini 1988-yildan beri ilk bor Osiyo Kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan.

Xalqaro maydondagi gollari




Klubdagi statistikasi




Yutuqlari



Xalqaro



Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz